Iftorlikga albatta tayyorlab koʻring

Iftorlikga albatta tayyorlab koʻring


🧑‍🍳 Kerakli masaliqlar:

✅ Tuxum – 4 dona

✅ Shakar – 1 stakan

✅ Sut – 200 ml

✅ Oʻsimlik yogʻi – 200 ml

✅ Un – 250-300 gr (2 stakan)

✅ Razrыxlitel – 1 choy qoshiq

✅ Isteʼmol sodasi – 0,5 choy qoshiq

✅ Limon – yarimta limon suvi

✅ Maydalangan yongʻoq – 1 piyola

✅ Sariyogʻ – 50gr

✅ Shakar pudrasi – xohishga koʻra


🧑‍🍳 Tayyorlanishi:

Dastlab, idishga 4 dona tuxumni chaqib solamiz va unga 1 stakan shakar qoʻshib, mikser bilan yaxshilab aralashtirib, koʻpirtiramiz. Soʻngra 1 stakan sut quyib, yana mikserlaymiz. 200ml oʻsimlik yogʻi quyib yana mikser qilamiz.


— Soʻngra 2 stakan un, 1 choy qoshiq razrixlitel, 0,5 choy qoshiq isteʼmol sodasi solamiz. Yana mikserlab, 1 ta limonni yaxshilab siqib, suvini qoʻshamiz. Endi 1 piyola maydalangan yongʻoq solamiz va aralashtiramiz.


— Qolipning, ichki qismiga sariyogʻ surtib chiqamiz. Massamizni qolipga quyib, tekislab, duxovkada 180°C yaxshilab pishirib choʻp bilan tekshiramiz. Ustini shakar pudrasi bilan bezaymiz. Keksimiz tayyor.


Yoqimli ishtaha, azizlar❤️


Report Page