"Ichki ishlar xodimi va tyutor” 

"Ichki ishlar xodimi va tyutor” 

Dildora Olimovna

Joriy yilning 4-noyabr sanasida BuxDU filologiya fakultetida "Ichki ishlar va tyutor" nomli uchrashuv profilaktika inspektori mayor Qurbonov Shoxnazar Shodmonovich bilan tashkil etildi. Hozirgi jadal rivojlanib kelayotgan davrda jinoyatchilik, firibgarlik o'g'rilik kabi yomon illatlar ham uchramoqda, bundanda eng yomoni kiberjinoyatchilik ham keng rivojlanmoqda.

Aqlli buyumlarning yaratilishi xakerlikning rivojiga sabab bo'lmoqda, telegram, instagram, facebook va boshqa turdagi ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lish, o'zining shaxsiy rasmlarni joylashtirish, turli fitnalar bilan birga, tuhmatlarga qolishdek ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda bundan ehtihot bo'lish kerak va ijtimoiy tarmoqlarda rasmlarni joylashtirmaslikka undadi.

Bundan tashqati talabalar turar joyida turuvchilar va ijarada istiqomat qiluvchilarga murojaat etib, har qanday holda ham tartibni saqlashlikka, aks holda ma'muriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

Nohaq jazolanayotganlar, zo'ravonlikka uchrayotgan yosh qiz-juvonlarga "himoya ordeni" berilishi, ularning haq-huquqlari himoyalanishi qonunda belgilanib qo'yilganligini aytib o'tdi.

Jamoat transportlarida buyumlaridan ehtiyot bo'lishliklarini hamda yo'l qoidalariga bo'ysunish kerakligini ta'kidladi

Filologiya fakulteti tyutorlari

Report Page