Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo’yicha tanlov e’lon qilinadi

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo’yicha tanlov e’lon qilinadi

@nomzod2020

Tanlov tadbirlari O’zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to’g’risida»gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom talablari asosida o’tkaziladi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

- O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;

- Yashash manzili bo’yicha Namangan viloyatida doimiy ro’yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo’lmagan bo’lishi;

- Bo’yi erkaklar uchun 165 santimetrdan, ayollar uchun 160 santimetrdan past bo’lmasligi (Yo’l-patrul faoliyati yo‘nalishiga 175/170 sm);

- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o’tagan bo’lishi (erkaklar uchun);

- Oliy ma’lumotga ega bo’lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida ichki ishlar organlarining serjantlar tarkibidagi lavozimlar uchun xodimlar tayyorlanadi.


Ushbu tanlovda Namangan viloyati uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qilish rejalashtirilgan:

* Yo’l-patrul faoliyati – 2 nafar;

Qo‘shimcha talablar:

/// nomzod yigitlarning bo‘yi 175 sm, qizlarning bo‘yi 170 smdan past bo‘lmasligi;

/// haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi;

/// OTMni quyidagi mutaxassisliklarning biri bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi kerak:

-yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

-avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi;

-avtomobil yo‘llari va aerodromlar ta’lim yo‘nalishi;

-ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi;

-avtomobil transporti, yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

-transport inshootlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

-qiymat injiniringi ta’lim yo‘nalishi;

-shahar yo‘llari va ko‘chalari ta’lim yo‘nalishi;

-kasbiy ta’lim-avtomobil va aerodromlar;

-kasbiy ta’lim-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

-menejment-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

-marketing-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

-tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi;

-elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi;

-xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-xizmatlar sohasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-ekologiya va atrof muhit muhofazasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi ta’lim yo‘nalishi;

-harakat xavfsizligini tashkil etish mutaxassisligi;

-ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish mutaxassisligi;

-ko‘tarish, tashish va yo‘l qurilish mashinalari ta’lim yo‘nalishi;

-huquqiy ta’lim sohasi.


* Pasport tizimini ta’minlash faoliyati – 1 nafar;

Qo‘shimcha talablar:

/// OTMni quyidagi mutaxassisliklarning biri bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi kerak:

-huquqiy ta’lim sohasi;

-gumanitar ta’lim sohasi;

-kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi;

-aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi.


 * Jamoat tartibini saqlash faoliyati - 7 nafar (bu yo'nalishga ralohid mutaxassislik talab etilmaydi). 


* Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati - 2 nafar.

Qo‘shimcha talablar:

/// Sportning yakka kurash turlari bo‘yicha so‘nggi bir yil ichida respublika miqyosidagi musobaqa g‘olibi bo‘lgan yoki so‘nggi uch yil ichida xalqaro miqyosdagi musobaqaning 1–3-o‘rinlaridan birini egallagan bo‘lishi kerak;

/// Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlari alohida normativ bo‘yicha olinadi.

  Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo’lgan fuqarolar 2024- yilning 1-iyul kuniga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha) quyidagi hujjatlari bilan yashash manzilingiz bo'yicha borib mas’ul xodimlarga murojaat etishlari so’raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma;

- oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom;

- haydovchilik guvohnomasi (yo’l-patrul faoliyati yo‘nalishiga nomzodlar uchun);

- belgilangan namunadagi sog’lig’ining holati haqida ma’lumotnoma (bo’yining balandligi bo’yicha antropometrik parametri ko’rsatilgan holda).

 

Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro’yxatiga kiritilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @nomzod2020 manzili yoki 69-210-32-06 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma'lumotlar 01.06.2024-yil holatiga yangilandi

Namangan viloyati IIB Kadrlar bilan ta’minlash bo’limi


Report Page