“Ichki audit xizmatlari tomonidan xavflarni baholash va xavf tahlillariga asoslangan yillik rejani tuzish” mavzusida seminar o‘tkazildi

“Ichki audit xizmatlari tomonidan xavflarni baholash va xavf tahlillariga asoslangan yillik rejani tuzish” mavzusida seminar o‘tkazildi

 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ–128-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Moliya vazirligida ichki audit xizmatlarining xavflarini aniqlash va ularning oldini olishda uslubiy ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur vazifalarning bajarilishini tashkil etish maqsadida, Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning 14-noyabr kuni xorijiy ekspert Joys Ingrid Teunissen ishtirokida “Ichki audit xizmatlari tomonida xavflarni baholash va xavf tahlillariga asoslangan yillik rejani tuzish” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.

        Seminarni Moliya vazirligining Davlat budjeti departamenti Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Azamat Jabborov kirish so‘zi bilan оchib berdi. Unda ichki audit xizmatlari tomonidan xavflarni baholash va tahlil qilish ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

Onlayn seminarda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida ichki auditni rivojlantirish bo‘yicha jalb etilgan xorijiy eksperti Joys Ingrid Teunissen tomonidan xalqaro tajribada xavflarni baholash va xavf tahlillariga asoslangan yillik rejani tuzish amaliyoti bo‘yicha taqdimoti bilan ishtirok etdi. Taqdimot doirasida ichki audit xizmati tomonidan xavflarni baholash, xavf omillari bo‘yicha misollar hamda Niderlandiya davlatida xavf tahlillarini amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumot berildi.

        Shunigdek, seminar davomida vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyati davomida xavflarni baholash va tahlil qilish asosida yillik audit rejalarni tuzishdagi joriy holat yuzasidan seminar ishtirokchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, natijalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar tomonidan xavflarni baholash va tahlil qilish yuzasidan savollar va takliflar muhokama qilindi.

Tashkil etilgan seminar qizg‘in bahs-munozara va savol-javob tarzida o‘tdi. Vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari xodimlari tomonidan berilgan savollarga xorijiy ekspert hamda Moliya vazirligi xodimlari tomonidan atroflicha javob berildi. Kelgusida ham ichki audit xizmati faoliyatiga doir bu kabi seminarlar tashkil etilishiga kelishib olindi.

      

 Moliya vazirligi

Axborot xizmati




Report Page