"Ibratli oila” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi

"Ibratli oila” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi



Buxoro tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan”2022-2026 yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo’yicha Milliy Dasturning 2022-2026 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi” ning 95-1-bandi ijrosini ta’minlash, farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, oilaviy ajralishlarningoldini olish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida “Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi” ko’rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Ko'rik-tanlovda 8 ta ishtirokchi qatnashishdi. "Rabotiqalmoq"mahallasida yashovchi Savurovlar oilasi faxrli I o'rinni egallab, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Buxoro tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi

Report Page