Ibratli oila

Ibratli oila



Kitobxon onalar kuni munosabati bilan Forish tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ibratli oila" loyxasi doirasida Forish tuman Ko'hnabozor qishlog'ida yashovchi Karimov Ilhom oilasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilaning shaxsiy 2500 kitobdan iborat kutubxonasi bilan yaqindan tanishildi. "Xazrat Karimov "Namuna" maktabini bitirgan. Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan 1944 yili 17 yoshida o'qituvchilik vazifasiga tayinlanib Uchma, Sog'ishmon, Yotoq qishloqlaridagi maktablarida, keyinchalik tuman markazidagi 1-maktabda ishlaydi. 1950-yildan 1952-yilning sentabrigacha tuman gazetasiga muxarrirlik qiladi. Keyinchalik Toshkent, Moskva shaharlarida ta'lim oladi. Shundan so'ng 1955-1957-yillarda Samarqand viloyati Qoraqishloq (hozirgi Bahmal), G'allaorol, Kattaqo'rg'on, Pastdarg'on, Forish tumanlarida mas'ul lavozimda ishlagan. O'zidan yaxshi xotira qoldirgan otamiz umr yo'li ko'pchilikka na'muna desak bo'ladi" deb Karimov Ilhom otasi haqida gapirib o'tdi.


Report Page