Ibrat oromgohining yozgi mavsumi

Ibrat oromgohining yozgi mavsumi


🚀 “Ibrat Farzandlari” loyihasi jahonning TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi iste’dodli yoshlarni oromgohga taklif etadi.

“Ibrat Farzandlari” — yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim berish uchun tashkil etilgan loyiha.


🔥 Biz maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilarini birlashtirib, shu orqali quyidagi maqsadlarga erishmoqchimiz:

Oromgohning maqsadi:

• TOP-100 universitetlarga kirmoqchi bo‘lgan isteʼdodli maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilari uchun hamjamiyat tashkil etish;

• jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini oshirish; 

• jahonning TOP-100 universitetlari bakalavriat hamda magistratura bosqichiga kirish imkoniyatini yaratish;

• ular uchun kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Siz bu oromgohga qatnashib, quyidagilarga ega bo‘lasiz:

• yangi do‘stlar orttirish imkoniyati;

• 1 haftalik bepul oromgoh;

• mahorat darslari;

• sohaviy master-klasslar;

• turli tanlovlarda qatnashish imkoniyati.

Nomzodlardan nimalar talab qilinadi:

A) bakalavr bosqichi uchun:

• 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lish;

• IELTS 6+ yoki uning ekvivalenti(TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) bo‘lishi;

• maktab o‘quvchisi yoki abituriyent bo‘lishi.

B) magistratura bosqichi uchun:

• 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lishi;

• IELTS 6+ yoki uning ekvivalenti (TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) bo‘lishi;

• OTM talabasi yoki bakalavr bosqichi bitiruvchisi bo‘lishi talab etiladi.

Saralash bosqichidan chetlatishga asoslar:

• talablarda belgilangan yosh chegarasiga amal qilmaganlar (bakalavr talaba va bitiruvchilari — 20-30 yosh; maktab o‘quvchisi va abituriyentlar — 16-20 yosh);

• til sertifikati bo‘lmagan nomzodlar;

• saralash jarayonida g‘irromlik qilishga uringan nomzodlar:

   1) ikki yoki undan ko‘p marta ro‘yxatdan o‘tganlar;

   2) til sertifikati boʻyicha aldashga uringanlar.

• "Ibrat tillar oromgohi" va "IbratWiki" loyihalaridan qat’i nazar, "Ibrat Camp" ning oldingi mavsumlarida qatnashganlar.

❗Ushbu taqiqlangan holatlar nomzodlar orasida kuzatilganda “Ibrat Farzandlari” ning kelajakdagi barcha loyihalaridan chetlatiladi.

Saralash bosqichlari:

🔸 1-bosqich:

Onlayn ariza topshirish ya’ni Google Forma shaklida o‘tkaziladi. Google formaga avval oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni toʻldirasiz. Undan soʻng motivatsion xat yozasiz. Soʻzlar soni 100 tadan ortiq boʻlishi kerak.

🔸 2-bosqich:

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan intervyu bo‘lib o‘tadi. Intervyuda sizning ingliz tili darajangizni yaxshiroq bilish maqsadida savollar beriladi, suhbat davomiyligi 5 minut.

1-bosqich uchun arizalar 16-iyunga qadar qabul qilinadi.

Umumiy 3 ta mavsum uchun 600 nafar ya’ni bakalavr bosqichining 2 ta mavsumi uchun 400, magistratura bosqichiga esa 200 ta ishtirokchi saralab olinadi.

3-9-iyul va 17-23-iyul kunlari maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun; 

14-20-avgust kunlari bakalavriat talabalari va bitiruvchilari uchun oromgoh boʻlib oʻtadi.

📌 Roʻyxatdan oʻtish mobaynida savollar yoki murojaat boʻlsa @IbratCampAdmin telegram akkauntiga murojaat qiling.


🏕️ Oromgohimizga saralash bosqichida sizga omad tilab qolamiz. Hurmat bilan «Ibrat Camp» jamosi!


Report Page