Ibrat & Wiki oromgohi

Ibrat & Wiki oromgohi

Ibrat Farzandlari & WikiStipendiya

🚀 Ikki katta loyiha, ya'ni Ibrat Farzandlari hamda WikiStipediya birgalikda yoshlar uchun foydali va qiziq bo‘lgan Ibrat & Wiki oromgohini tashkil etadi. 

Ibrat Farzandlari — yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta'lim berish uchun tashkil qilingan loyiha.
WikiStipendiya — o‘zbekcha Vikipediyadagi kontentni yaxshilash va boyitishga qaratilgan viki-loyiha.

🎯 Biz xorijiy tillarni yaxshi biladigan yoshlarni bir joyga yig‘ib, shu orqali quyidagi maqsadlarga erishmoqchimiz:

Oromgohning maqsadi:

  • xorijiy tillarni biladigan iqtidorli yoshlar uchun hamjamiyat tashkil etish;
  • jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini oshirish; 
  • tarjimonlik mahoratini rivojlantirish;
  • ular uchun kerakli ko‘nikmalarni (soft skills) rivojlantirish; 
  • O‘zbekiston haqidagi ma'lumotlarni Vikipediyada ko‘paytirish. 

Siz bu oromgohda qatnashib, quyidagilarga ega bo'lasiz:

  • yangi do‘stlar orttirish imkoniyati;
  • 1 haftalik bepul oromgoh;
  • mahorat darslari;
  • sohaviy master-klasslar;
  • Vikipediya administratorlardan saboqlar;
  • turli tanlovlarda qatnashish imkoniyati;
  • esdalik sovg'alar.

Sizdan nimalar talab qilinadi:

  • 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lish;
  • ingliz tilini B1 darajada bilish;
  • shaxsiy laptopga ega bo‘lish;
  • maqola yozish va tarjima qilishga qiziqish.

Bilish muhim:

  • oromgohda bir marta qatnashgan nomzodlar qayta qatnasha olmaydi;
  • saralash bosqichida g‘irromlik qilishga uringan va qoidalarni buzgan nomzodlar oromgoh saralashidan chetlashtiriladi.

Saralash bosqichlari:

🔸 1-bosqich ikki — a va b qismdan iborat hamda Telegram'dagi @ibrattest_bot manzilida bo‘lib o‘tadi.

a) birinchi qismda nomzodlar 30 daqiqa vaqt ichida ingliz tilidan 60 ta test yechishlari kerak bo'ladi. Testlar @ibrattest_bot orqali o‘tkaziladi.

b) ikkinchi qismda nomzodlarga mantiqiy savol beriladi. Javob 50 ta so'zdan oshmasligi kerak. Ajratilgan vaqt — 10 daqiqa.

🔸 2-bosqich:

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan intervyu bo‘lib o‘tadi. Intervyuda IELTS Speaking Part 2 savollari tushadi va intervyu uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.


1-bosqich uchun arizalar 10-fevralga qadar qabul qilinadi.
1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 2-bosqichga o'tadi va 11–14-fevral kunlari ular bilan intervyu bo‘lib o‘tadi.
Saralash bosqichi 15-fevral kuni o‘z yakuniga yetadi va o‘sha kuni javoblar e'lon qilinadi.
20–26-fevral kunlari oromgohda sizlar bilan ko‘rishamiz.


🧗‍♂️ Ushbu raqobatli saralash jarayonlarida barchaga omad tilaymiz. O‘z salohiyatingiz orqali bellashing, g‘olib bo‘ling va oromgoh dunyosida o‘zingizni qaytadan kashf qiling.

Report Page