Ibodat

Ibodat


Men ikki ming yil avval Gretsiyada yashagan odamga chuqur yaqinlik his qilaman.

Uning ismi "Epikur" edi.

Uni hech kim dindor deb tanimaydi.

Odamlar uni eng xudosiz odamlardan biri deb hisoblashadi.

Chunki u hech qachon Xudoni qidirmagan. "Yeng, iching va zavqlaning " iborasi

Epikurdan olingan

Va bu qarashlar moddiy dunyoga intiluvchilarning qarashlariga aylangan.

Aslida Epikur sodda hayot kechiridi.

Inson qanchalik oddiy bo'lishi mumkin bo'lsa, u shunchalik oddiylik bilan yashadi.

Hatto Budda ham Epikur kabi sodda va qattiq qo'l yashamagan

Epikur kichik bir bog'da yashagan.

U "Epicurusning bog'i"deb atalardi.

U o'sha bog'da bir necha do'stlari bilan yashagan. Ehtimol, bu birinchi hamjamiyat edi.

Ular shunchaki u yerda yashardilar, ular hech qanday maxsus ish qilmasdilar, bog'da ishlardilar va yashash uchun yetarli narsalarga ega edilar holos.

Aytishlaricha, bir kuni podshoh ularni ko‘rgani o‘sha bog‘ga borgan ekan.

Podishoh bu odam hashamatda yashasa kerak, deb o'ylardi. Chunki uning shiori:

— Yeb-ichib, quvnoq bo‘ling...

Agar uning messeji shunday bo‘lsa, — deb o‘yladi podshoh, — dabdaba va isrofgarchilikda yashayotgan odamlarni ko‘raman.

Ammo u yerga yetib borgach, bog‘da ishlayotgan va daraxtlarni sug‘orayotgan juda oddiy odamlarni ko‘rdi. Ular kun bo'yi ishlardilar. Ularning munosabatlari juda kam edi:

Faqat yashash uchun etarli edi.

Kechqurun, ular kechki ovqatni o'tkazishganda, hatto sariyog'lari ham yo'q edi; Faqat quruq non va ozgina sut. Ammo ular bu kechki ovqatdan xuddi ziyofat bo'lgandek zavqlanishdi.

Ovqatdan so'ng ular raqsga tushishdi. Kun tugab ular borliqqa minnadorchilik bildirishardi.

Shoh esa yig'lab yubordi, chunki u doimo Epikurni xayolida qoralab yurardi.

Podshoh undan so‘radi: «Ye-ich, xursand bo‘l, deganingda nimani nazarda tutasan?». Epikur aytdi:

"Siz buni ko'rdingiz. Biz bu yerda kuniga 24 soat baxtlimiz

Baxtli bo'lishni istasangiz, oddiy va sodda bo'lishingiz kerak.

Chunki siz qanchalik murakkab bo'lsangiz, shunchalik baxtsiz bo'lasiz.

Hayotingiz qanchalik murakkab bo'lsa, u shunchalik baxtsizlik keltiradi.

Biz oddiygina yashaymiz. Biz oddiymiz, chunki sodda bo'lish baxtli bo'lishni anglatadi."


Va shoh dedi:

"Men sizga sovg'alar yubormoqchiman. Bu bog' va sizning jamoangiz uchun sizga nimalar kerak?" Epikur hayron bo'lib qoldi. O'yladi va dedi:

“Bizga boshqa hech narsa kerak emas deb o'ylaymiz. Hafa bo'lmang; Siz buyuk shohsiz va bizga hamma narsani bera olishingiz mumkin, lekin bizga kerak emas. Xohlasangiz, tuz-yog‘ jo‘natsangiz bo‘ladi”.


Men sizga aytamanki, haqiqiy dindorlik soddalikda tabiiy ravishda paydo bo'ladi.

Siz Xudo haqida o'ylamaysiz, ma'bad va cherkovga bormaysiz, qo'llaringiz qaltirab osmonga ibodat qilmaysiz, bunga hojat yo'q; Bu ahmoqlik.

"Ammo siz minnatdorchilik va baxt bilan yashaysiz"

Hayot Xudodir.

Tongdan to kechgacha butun hayot bir ibodatdir. Ibodat - bu munosabat - uni yashang, bajarmang...

shunchaki yashang.


Osho

@Paruk_Pilo

Report Page