IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI
Jo‘rabek Jahon
#Oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
Bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e'lon qilinmoqda.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quv yili yakunlangandan keyin bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun kirish imtihonlari ushbu nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan o‘tkaziladi, mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan o‘quvchilaridan hujjat qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga quyidagi hujjatlar talab etiladi.
Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga o‘quv yili davomida o‘quvchilar qabul qilinmaydi.
O‘quvchilarning o‘qishi bir ixtisoslashtirilgan maktabdan boshqasiga yo‘nalish mos kelgan va bo‘sh joy bo‘lgan taqdirda Agentlikning ko‘rsatmasiga muvofiq ko‘chiriladi.