IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" o‘z ishini boshladi

IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" o‘z ishini boshladi

https://t.me/natlibuz

2024-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Noshirlar va kitob savdosi tashkilotlari Milliy assosiasiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.  

Onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan Haftalikning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o'rinbosari G'ayrat Bozorov, O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Maxmudjon Parpiyev, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, Ozbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbani Otabek Xasanov, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova, Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha o'rinbosari Rustam Qobilov (videokonferens aloqa orqali) va Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyevalar so‘zga chiqib, hozirgi kunda mamlakatimizda nashriyotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kitob mahsulotolari, noshirlik faoliyatini oshirishga qaratilgan mazkur haftalikning mohiyatini alohida ta'kidladilar va mazkur haftalikning yoshlar o‘rtisida kitobxonlikni targ‘ib etishda ahamiyatini e'tirof etdilar.





Report Page