🦅ITOLG’I -qushi haqda eshitganmisiz?
⚡️Tarqalishi. Uyalovchi populyatsiyaning salmoqli qismi oʼtroq sanaladi. Oʼtmishda tekislik va past togʼli hududlarda koʼp uchragan. Hozirgi vaqtda Gʼarbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy togʼ tizimlarida, Qizilqum choʼlidagi qoldiq past togʼlarida yakka-yakka inlari borligi qayd qilinadi. Uchib oʼtuvchi va qishlovchi turlar butun Respublika hududi boʼylab uchrashi mumkin.
💫Yashash joylari. Sariq tuproqli jarliklar, past va qoldiq togʼlar qoyatoshlari (uyalash). Uyaga yaqin joylarda yetarli miqdorida ozuqa boʼlishi itolgʼi uyalash uchun hal qiluvchi shart-sharoitlardan biri sanaladi.
🖊Soni. 1980-yillar boshida populyatsiya holati optimal hisoblangan. 1990-yillarda noqonuniy ovlash tufayli soni keskin kamayib, taxminan 120-150 juftni tashkil qilgan. Hozirgi vaqtda mamlakat boʼyicha 70 juft atrofida ekanligi taxmin qilindi.
✅Yashash tarzi. Qoyalar, jarliklar, elektr uzatish liniyalari ustunlarida in quradi; fevral-martda 3-5 ta tuxum qoʼyadi va 28 kun bosib yotadi; poloponlari may-iyun oylarida ucha boshlaydi. Kuzgi va qishda keng koʼlamda koʼchib yuradi. Kuzgi uchib oʼtishi –sentyabr-noyabr oyida, dekabrdan fevralgacha qishlaydi. Bahorgi uchib oʼtishi-martda. Kemiruvchilar, qushlar bilan oziqlanadi.
❇️Cheklovchi omillar. Kemiruvchilar sonining oʼzgarib turishi, noqonuniy ovlash, inlarining buzib tashlanishi. Elektr uzatish tarmoqlarida ham koʼp nobud boʼladi. Genetik introgressiya.
Koʼpaytirish. Turli mamlakatlar, jumladan, Oʼzbekistondagi parvarishxonalarda muvaffaqiyatli koʼpaytirilmoqda.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Chotqol, Nurota, Hisor va Surxon qoʼriqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bogʼlarida hamda Zomin xalq bogʼida muhofaza ostiga olingan.