ITALIYA SIYOSATINING «QARI TULKI»SI
“XX ASR: TAKDIRLARDA AKS ETGAN, TARIX", SHUXRAT ERGASHEV,TULKIN BOBOMATOVANDREOTTI, JULIO (ANDREOTTI)
(14 .01.1919 yili Rimda tug’ilgan) — 1972 — 1973, 1976— 1979 va 1989— 1992 yillari Italiyaning premer-ministri, bir necha marta Ministrlar kabineti tarkibiga kirgan
1968-1972 yillarda deputatlar palatasida Xristian-demokratik partiya fraksiyasining raisi. 1995 yili mafiya bilan aloqada ayblanib, sudga tortilgan. 1946 yili saylangan Ta'sis majlisi a'zosi sifatida u premer-ministr Alchida de Gasperining kotibi lavozimini egalladi, va to 1953 yilgacha ana shu vazifada qoldi. Juzeppe Pella Liberal partiya asosida unga markaz hukumatini tuzganida o’z siyosiy qarashlarida yangi premer-ministrga nisbatan so’lroq, bo’lgan Andreotti ishsiz qoldi. Pekin 1954 yildayoq, Julio Andreotti Amintori Fanfani kabinetiga Ichki ishlar ministri sifatida kirdi. Keyinchalik u Moliya ministri (1955 yildan 1958 yilgacha), xazina boshlig’i (1958— 1959), Yustitsiya ministri (1959— 1966, 1974) lavozimlarini egallagan, shuningdek, 1966— 1968 yillari Aldo Moro hukumatida Sanoat va savdo ministri bo’lgan.
Yirik va uncha yirik bo’lmagan son-sanoqsiz siyosatchilar orasida Julio Andreotti alohida o’rin egallaydi — uni hechkim bilan taqqoslab bo’lmaydi va eng avvalo siyosatchi sifatida uzoq, yashaganligi tufayli.
U birinchi marta Italiya hukumati tarkibiga Ikkinchi jahon urushi tugaganidan ikki yil keyin, yigirma sakkiz yoshida kirgan bo’lsa, yangi asr boshida hali ham siyosiy sahnada turibdi. Andreotti Senatdagi kursini shunchaki egallab turmaydi, u Italiya siyosatida birinchi darajali ro’l o’ynaydi. Yevropadagi eng yirik mamlakatlardan birining bosh ministrligiga yetti marta erisha olgan va shuncha marta uni yo’qotib, ikki, hatto uch amal pog’onasidan pastga tushgan, yaqindagina uning qabulxonasi ostonasini yalagan kechagi yordamchilariga bo’ysunishga tayyor turgan, keyin esa yana yuqorilab, ularga zo’rg’a bosh ilg’aydigan yana kim bor hukumat rezidensiyalarining doimiy a'zolaridan qaysi biri salkam Sitsiliya mafiyasining «Cho’qintirgan otasi» sifatida sudlanuvchilar o’rindig’ida o’tirgan, kim hukumatni boshqargan davrida kitob ustiga kitob, shu jumladan, siyosatdan yiroq, bo’lgan mavzularda ham, yozishning uddasidan chiqqan.
Ko’p karra Italiyaning premer-ministri bo’lgan, o’nlab yillar davomida mamlakat hukumatidagi qariyb barcha mansablarni egallab chiqqan Julio Andreotti kabi hechkim yo’q, bo’lmagan va yaqin orada bo’lmasa ham kerak.
Ma'lumoti bo’yicha yurist bo’lsa ham, u faoliyatini jurnalistikadan boshlagan. Julio Andreottining o’tkir qalamiga ko’pgina qiziqarli maqolalar va kitoblar tegishli. Uning «Tarixni yaratuvchilar bilan uchrashuv» kitobi katta muvaffaqiyat qozongan. Bu kitobida u uzoq, siyosiy hayoti davomida uchrashishga to’g’ri kelgan kishilar — Misr qiroli Farruxdan tortib Margaret Tetchergacha hikoya qilgan. Qiziqarli yozilgan bu kitobining kirish qismida u shunday deydi: «Bu yerda yozilganlarning barchasi ham haqiqat emas, lekin, har holda, bu yerda yolg’on ham yo’q». Andreotti adabiyotda faqatgina siyosiy janrni yoqtirib qolmagandi. U hayotining keyingi yillarida bestsellerga aylanib ketgan yumoristik asari «Jim bo’ling, deputat»ni yozdi, unda juda ko’p o’rinsiz, ba'zan aforizmga aylanib ketgan, ko’p hollarda hurmatli siyosatchilar uchun nomaqbul bo’lgan kulgili gaplar, parlamentdagilarning luqmalari to’plangan. Ularni Andreotti Italiya parlamenti majlislarining yuzlab jildli stenografik hisobotlaridan olgan. Bu kitob butun yevropani kuldirdi, uning alamzada qahramonlari esa, nomi olamga mashhur bo’lgan, yoshi yetmishdan oshib ketgan siyosatchining «masxaraboz rolida chiqishi nomaqbul», deya ta'kidladilar. Bundan zarracha ham hijolat bo’lmagan Andreotti tanqidchilarga o’z kolleksiyasini to’plashda davom etishini va'da qilgan.
Bu albatta uning ermak sohasi, lekin Andreotti jiddiy harakatlar tufayli ana shunday siyosiy obro’ga ega bo’lgan. Quvnoq, so’zamol, atrofdagilar bilan tezda til topisha oladigan tipik italiyalikning tashqi qiyofasi ortida temir iroda, ulkan aql, atrofdagilarni hayratga soluvchi sabrtoqat, oldiga qo’yilgan maqsadga erisha olish qobiliyati yashiringan.
U jonkuyar va e’tiqodli katolik bo’lib, juda erta Xristian-demokratik partiyaning eng ko’zga ko’ringan arboblaridan biriga aylandi.
Hali qirqinchi yillarning oxiridayoq, parlament deputati bo’lgan Andreotti bir oz vaqtdan keyin Italiyadagi eng obro’li siyosiy partiya bo’lgan Xristian-demokratlarning parlament fraksiyasiga rahbarlik qildi, 1972 yili esa birinchi bor mamlakat hukumatini boshqardi. Tez-tez ro’y beruvchi hukumat inqirozlari va kabinet o’zgarishlari Italiyaning urushdan keyingi yillardagi siyosiy an'anasiga aylangan. Urushdan keyingi 60 yil ichida qariyb 50 marta hukumat inqirozi ro’y berdi.
Andreotti birinchi marta premer-ministr lavozimida ikki yil tura oldi xolos, keyin esa bir marom bilan ministrlik kursisini almashtiraverdi. O’zining ko’p yillik xizmatlari davomida Julio Andreotti bir necha bor tashqi ishlar ministri, ichki ishlar ministri, iqtisodiy rejalashtirish ministri va yana premer-ministr bo’ldi. Navbatdagi hukumat inqirozidan keyin uning siyosiy Olimpda turgani holda yangi kabinet tarkibiga oddiy ministr sifatida kirishiga mag’rurlik halaqit bermas edi. Bunda navbatdagi premer-ministrlarning birortasi ham o’zining sobiq, bosh ligining noxolisligidan norozi bo’lish uchun asosga ega bo’lmagan. Italiyaning siyosiy hayotida qiyin davrlar ro’y berganida esa Julio Andreottiga yana va yana kabinetni boshqarishni iltimos qilardilar.
Andreotti o’zining siyosatdagi uzoq, faoliyatining boisini siyosiy aforizmga aylanib ketgan jumlada bayon qiladi: «Hokimiyat faqat unga erisha olmagan kishinigina charchatadi». Albatta, bu ungagina yaxshi ma'lum.
Zero Julio Andreottining siyosiy mahorati Italiyada ham, butun dunyoda ham tan olingan. Uni Rimda bekorga «qari tulki» deb atashmaydi. O’zining davomiyligiga ko’ra mislsiz bo’lgan J. Andreotti siyosiy faoliyatining siri aslida nimada? Albatta, eng avvalo uning tengsiz shaxsiy sifatlarida. Biroq faqat shundagina emas. Tadqiqotchilar uning Vatikan bilan ko’p yillik yaqin aloqasiga e'tibor qaratadilar. Katolik cherkovi va uning markazi Vatikan Italiyaning va nafaqat Italiyaning, balki boshqa davlatlarning ham siyosiy hayotida birinchi darajali ro’l o’ynaydi. Vatikan homiyligida tuzilgan Xristian-demokratik partiya mamlakatdagi asosiy siyosiy kuch bo’lib qoldi. Uning tashkilotchilaridan, keyin esa rahbarlaridan biri Julio Andreotti o’z faoliyati davrida Rim kuriyasi rahbariyati bilan juda yaqin aloqada bo’ldi, uchta Rim papasining ishonchli kishisi bo’la oldi. Uning siyosiy mag’lubiyatsizligining asosiy siri ham ko’p jihatdan ana shunda.
Mamlakat siyosiy hayotiga Andreotti ta'sirining bunchalar davomiyligining yana bir siri taxmin qilinadi. Ko’p yillar uning «Sitsiliya mafiyasi» bilan aloqasi borligi haqida mish-mishlar tinmadi. Mashhur «Koza nostra» yashirincha uni qo’llab-quvvatlab turganligini va, o’z navbatida, uning homiyligidan foydalanganligini ta'kidlashardi. «Koza nostra»ning bossi Sal’vatore Riina («Tito») ning Andreotti bilan yaqinligini gapirardilar. Bunday oshkora izzat-ikrom ramziga kamdan-kam odam sazovor bo’ladi.
Sitsiliya mafiyasining urushdan keyingi Italiyadagi qudrati juda ulkan edi. Va agar Andreotti bilan «Koza nostra» o’rtasidagi hamma tinmay gapirayotgan, lekin baribir ham hujjatlar bilan tasdiqdanmagan aloqa haqiqatdan ham mavjud bo’lgan bo’lsa, bu juda salmoqli aloqadir.
Andreottining mafiya bilan aloqasi haqidagi mish-mishlar qariyb doimiy tarzda uning siyosiy faoliyatiga ergashib yurdi. Avval boshidanoq uning nomi g’iybat qilinmagan birorta ham siyosiy janjal bo’lib o’tgan emas. Biroq, arboblar jazolanar, ministrlar iste'foga chiqar, ba'zilari hatto qamoqqa ham tushar, Andreottiga esa hech narsa qilmasdi. Ammo oxir-oqibatda yoki rad qilib bo’lmaydigan faktlar, yoki dushmanlarining qaysarligi shunga olib keldiki, u sud oldida javob beradigan bo’ldi. U o’ziga ishonganligidan hatto parlament daxlsizligidan ham foydalanmadi. 1999 yilning mart oyida Sitsiliyaning poytaxti Palermoda hayratomo’z sud bo’lib o’tdi. Prokuror «siyosiy obro’sidan mafiyaga yordam berish uchun foydalanganligi va undan pul hamda boshqa turdagi minnatdorchiliklar qabul qilganligi» uchun sakson yoshli siyosatchiga o’n besh yil qamoq jazosi talab qildi.
Andreotti o’ziga qo’yilgan ayblarni mutlaqo rad etdi. U sud maslahatchilari oldida o’zini himoya qilib, ajoyib nutq so’zladi, prokuror esa ayblanuvchining aybini to’laligicha isbot qilib bera olmadi. Natijada 1999 yil 23 oktyabr kuni sud Julio Andreottidan uning mafiyaga aloqador ekanligi haqidagi ayblovni isbot qilinmaganligi sababli olib tashlashga majbur bo’ldi va u Italiya Senatining umrbod a'zosi sifatida siyosiy mavqeyini saqlab qoldi. Siyosatchilar ham, mafiya ham o’z sirlarini saqlay oladilar va ehtimol, haqiqat hech qachon yuzaga chiqmas. Aslida, har qanday holatda ham shunisi aniqki, o’zining ajoyib obro’si uchun Julio Andreotti mafiya bilan aloqasidan emas — ular bo’lgan yoki bo’lmaganligidan qat'iy nazar eng avvalo, uni urushdan keyingi o’n yilliklarda faqat Italiyaning emas, butun dunyoning ham siyosiy sahnasidagi eng mashhur arboblaridan biriga aylantira olgan o’z siyosiy talantidan minnatdor bo’lmog’i lozim.
«Hokimiyat faqat unga erisha olmagan kishinigina charchatadi. Albatta, bu ungagina yaxshi ma'lum". ( JULIO ANDREOTTI )
