IT sohasidagi siz tanimagan mashxurlar☝🏻

IT sohasidagi siz tanimagan mashxurlar☝🏻

ROBOCODE

Hammamiz Microsoft, Google va Apple kabi mashxur brandlarni eshitganmiz. 😉Hatto ularning asoschilarini ham yaxshi taniymiz va ularning muvaffaqiyat tarixini yaxshi ko'rib o'rganamiz👨🏻‍🏫 Bu kompaniyalarning muvaffaqiyat cho'qqisida ish yuritishiga faqatgina asoschilari sababchi emas.

Front ortida qattiq mehnat qilganlar ham bor ulardan bir nechtasi bilan bugun sizlarni tanishtiramiz.🤩

1. Satya Nadella — 2014-yil 4-fevraldan boshlab Microsoft Bosh direktori, 2019-yilda Financial Times nashri versiyasi bo‘yicha yil odami bo‘ldi😍🎯

U kompaniyaga texnologik yetakchi maqomini qaytarishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Oldinlari Apple va Google Microsoft’dan bu borada o‘zib ketgandi. Ko'rib turibsizki Nadellaning harakatlari evaziga 2019-yilda Microsoft o'z raqobatchilarini ortda qoldirdi.👏🏻


2. Sundar Pichai — 2004 yilda Google kompaniyasidagi faoliyatini oddiy menejerlik 👨🏻‍💻 lavozimidan boshlagan Pichai 2015 yilda 66 milliard AQSh dollari kirim bo‘ladigan, 16 milliard 🤑😅dollar daromad ko‘radigan kompaniyaning rahbariga aylandi. 2019-yil dekabr oyida Sundar Pichai Google Bosh ijrochi direktori lavozimidan Alphabet Bosh ijrochi direktorligiga o‘tdi. Alphabet — Google va unga aloqador barcha bizneslarni jamlagan ona kompaniya. Pichaining daromadi oyiga 7,4 million dollarga yaqin.🤯


3. Timoti Donald Kuk 😎 — 1998-yilda Apple kompaniyasiga ishga kelgan Tim Kuk 2011-yil 24-avgustda Stiv Jobs istefo berganidan keyin Kuk kompaniya rahbarligi lavozimiga o'tdi. 2011 yil noyabr oyida Forbes jurnali Kukni "dunyodagi eng kuchli 💪🏻odamlardan biri" deb e'lon qildi. 2012 yil aprel oyida New York Times jurnalida Kukning davlat kompaniyasi rahbari sifatidagi maoshi 2012 yildagi eng yuqori maosh bo'lganligi haqida maqola chop etildi. Yiliga taxminan 900 000AQSh dollari maoshi bilan Kuk muomaladagi aksiyalar va boshqa qoʻshimcha toʻlovlardan ham daromad oladi. Shunday qilib, 2011 yilda Kuk maoshdan tashqari jami 378 ming AQSh 🤠😍dollari daromad oldi.


Mana ko'rib turibsizki muvaffaqiyatga erishish uchun obezatelno startap egasi bo'lish shart emas. Yaxshi hodim bo'lsangiz ham dunyo sizni tan olishga tayyor!!!


@robocode_andijan

Report Page