IT* sferasiga kirish, ish topish va ishlash.

IT* sferasiga kirish, ish topish va ishlash.

Abdulaminxon Haydarov

IT sferasida ishlash boshqa sohada ishlashdan biroz farq qiladi. Sababi ko'p kasblarda ma'lum daraja bor bu darajaga tezda chiqish imkoniyati mavjud. Lekin IT da bunday emas ma'lumot oqimi ko'pligi. Bu ma'lumotlarni olish uchun vaqt yetmaydi. Demak bu sohaga kirgan odam ma'lumotni(bilimni) keraklisini ajratish qobiliyati bo'lish kerak. Aks holda information loopga tushib qoladi. Bunday holatda siz beginner bo'lsangiz xattoki junior darajasiga yetib borishingiz ham qiyin bo'ladi. Buni shaxsan o'zim 10 dan ortiq real insonlar orqali ko'rdim. Shu sababli ish topishda ishga topshirmoqchi bo'lgan joyingizni mukammal o'rganing. O'rganish jarayonida quyidagilarga e'tibor bering:

  1. Topshirmoqchi bo'lgan joyingizda minimum middle darajadagi dasturchi borligini tekshiring. Sababi siz birinchi bo'lsangiz lekin endi boshlagan bo'lsangiz bu sizga foydadan zarar ko'p keltiradi. Siz deyarli yangi narsa o'rganmaysiz, o'zingiz topshirgungacha bilgan bilimingizni bir xil aylantirib yuraverasiz. Vaqt yutqazasiz.
  2. Topshirayotgan joyingiz albatta e'tiqodlaringizdan chetga chiqmasligi kerak. Bu muhim.
  3. Siz internship qilsangiz ham sizga oylik berishadimi? Agar berishmasa bu yomon sababi siz o'rganish jarayonida ham qandaydir ish qilasiz bu kompaniyaga ziyon bo'lishi mumkin. Lekin sizda ishtiyoqni ushlab turish uchun kerak. Bunga sabab ham bor odatda internshipga topshirganlarga tezda takliflar kela boshlaydi. Shunda oyliksiz ishlayotgan albatta taklifni qabul qilish ehtimoli yuqori.
  4. Siz u yerdan texnik bilimdan tashqari boshqa yana qanday narsalar o'rgana olasiz? Bu ham muhim sababi faqat texnik bilim bilan robot bo'lib qolinadi. Soft skillar ham o'rganish imkoniyati ham bo'lishi kerak. Jamoa yaxshi shakllangan bo'lishi kerak.
  5. Internship topshirganda odatda qandaydir muddatga kelishiladi. Shuncha muddat ishlay olishingizni o'ylab ko'ring. Topshirmoqchi bo'lgan joyingizdan kamida bitta odam topib holat haqida suhbatlashib ko'ring.

Yuqorida yozilganlar hech qanday tartibga ega emas, shu sababli buni ketma ketligiga jiddiy qaramang. Agar siz ma'lum bir darajaga ega bo'lsangiz siz topshiradigan joyda "Nimadir o'rganishingiz kerak yoki yaxshi pul topishingiz kerak." Agar shu ikkitasi bo'lsa yaxshi agar ikkalasi ham bo'lmasa bu bo'lmaydi. Yuqoridagi barcha fikrlar mening shaxsiy fikrim.

IT - informatsion texnologiyalar

Report Page