IT nima?

IT nima?

Swift academy

Assalomu aleykum!

Swift Academy (IT nima?)

Siz IT ga qiziqasiz, lekin sizda quyidagi savollar bor:

  • 🧐 IT o'zi nima?
  • 😳 Qayerdan boshlash kerak?
  • πŸ€” Qanday yo'nalishlarga ega?
  • πŸ™„ Men qaysi yo'nalishni o'rgansam ekan?
  • πŸ€‘ Nega bu soha yuqori maosh taklif qiladi?
  • πŸ˜‰ Nega aynan Swift Academy?
  • ...

Demak siz to'g'ri manzildasiz! 😎

Jamoamiz va boshqa eng nufuzli markazlar tajribasidan kelib chiqib biz sizlar uchun IT nima? nomli mini kurs taklif qilishga qaror qildik.

Ushbu kursda siz IT bo'yicha umumiy tushunchalarga ega bo'lish bilan bir qatorda aynan sizga qiziq va kelajakda siz uchun har tarflama mos va effektiv bo'lgan yo'nalishni tanlashingizda yordam beradi.

Shuni unutmangki eng muhimi siz va sizning qiziqishlaringiz!

Chunki har qanday sohani o'rganish jarayonida albatta ma'lum qiyinchiliklarga duch kelinadi, ana o'sha vaqtda sizni olg'a borishga undaydigan motivatsion kuch bu sizning qiziqishingiz hissoblanadi. Agar siz boshlashdan avval o'zingiz hohlagan va qiziqgan sohangizni aniq qilib olsangiz demak 50% muvofaqiyyat sizni kutmoqda, va albatta qolgan 50% uchun eng maqbul, innovatsion uslublarda, amaliy tajribalarga asoslang o'quv jarayonini tanlash qoladi holos.

Aynan shu uchun biz jamoamiz bilan 6 darsdan iborat bir haftalik mini kurs tashkil qildik.

Ushbu kursda siz:

  • IT va uning yo'nalishlari;
  • OS - Operatsion tizimlar, qanday ishlashi, ularning farqlari, qo'llanilish sohalari;
  • Dasturlash tillari, qo'llanilish sohalari, top dasturlash tillari;
  • Har bir yo'nalish haqida batafsil, ishlash prinsiplari va qanday ishlar qiladi, nimalar o'rganish kerak, qanday bo'limlardan iborat va ular bilan qanday ishlanadi;
  • Har qanday (IT) yo'nalishni yaxshi o'rganish uchun avvalo nimalarni bilish kerak? Umumiy bilimlar va uning foydalari;
  • Ko'p qo'llaniladigan tushunchalar va ularning asl ma'nolari

kabi bilimlarga ega bo'lish bilan birga, bir qator o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz.

Kurs rejasi:

  1. IT va uning yo'nalishlari {umumiy} , OS - Operatsion tizimlar, qanday ishlashi, ularning farqlari, qo'llanilish sohalari, Dasturlash tillari, qo'llanilish sohalari, top dasturlash tillari, grafik/UI/UX dizaynerlik;
  2. Backend nima? {batafsil}, ishlash prinsiplari, qo'llaniladigan dasturlash turlari, kerakli bilimlar;
  3. Frontend nima? {batafsil (Web)}, ishlash prinsiplari, qo'llaniladigan dasturlash turlari, kerakli bilimlar;
  4. Mobile development: iOS tizimi {batafsil}, ishlash prinsiplari, qo'llaniladigan dasturlash turlari, kerakli bilimlar;
  5. Mobile development: Android tizimi {batafsil}, ishlash prinsiplari, qo'llaniladigan dasturlash turlari, kerakli bilimlar;
  6. Logistika nima? Kimlar ishlay oladi?, qanday bilimlar talab etiladi?, nimalr o'rganish kerak?

Ushbu rejaga muvofiq olingan bilimlar asosida kursa yakunida kichik test o'tkazilinadi. Ushbu test sizning bilimlaringizni sinash uchun emas balki sizda qaysi yo'nalish uchun ishtiyoq yuksakroqligini aniqlashga yordam beradigan statistik-psihologik test bo'lib, natijasi asosida har bir o'quvchiga alohida suhbat tashkil etilib yo'nalish berish orqali kurs yakunlanadi. Va albatta biz siz tanlagan yo'nalishlardagi kurslarni o'z o'quv kursimizdan yoki boshqa manbalardan taklif etamiz.


Va biz sizga aynan sizning "tilingizda" o'rgatamiz!😎


Qo'shimcha: o'zingiz bilan olib kelgan har bir o'quvchi uchun bir martalik 10% lik chegirma!


Kurs bo'yicha qiziqish uyg'onsa yoki savollaringiz bo'lsa - tg: @swift_academy kanal adminiga bemalol murojat qilishingiz mumkin!


Eng ko'p beriladigan savollar (FAQ):

  • Ushbu kursga kimlar kelsa bo'ladi?

Ushbu kurs uchun yoshning quyi chegarasi maktab yoshidagilar uchun 6-sinf va undan yuqori, kurs uchun yoshning yuqori chegarasi mavjud emas!. Istagan IT ga qiziqishi bor yoki o'rganmoqchi bo'lgan barchani taklif qilamiz.

  • Bu kurs menga nima beradi?

Bilamizki, har bir soha o'ziga yarasha qobilyat, matonat va xarakter talab etadi. Shu bilan birga siz sohaga kirib ko'rmasdan uning asli qanday ekanligi va sizga mos yoki yo'qligiga ishonch xosil qila olmaysiz. Ushbu kurs sizga sohalar tog'risida ma'lumot berish bilan bir qatorda o'zingizga mos va siz qiziqgan sohani tanlashingizda katta yordam beradi.

Va albatta bu kimdandur yoki qayerdandur eshitib, biror sohani o'rganishni boshlab, ma'lum vaqtd o'tib "yo'q menga mos kelmadi" deb motivatsiyangizni tushurish, moliyaviy yo'qotish va eng muhimi qimmatli vaqtingizni zoya ketkazmasdan kichik vaqt ichida ham bilim ham maqbul yo'nalish tanlash uchun ajoyib taklif.


Bizning manzil: Toshkent sh. Chilonzor 3-dahasi 45-uy.

E'tiboringiz uchun tashakkur!

Swift Academy jamoasi.


Report Page