IT-mutaxassislari xalqaro sertifikat uchun sarflanadigan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishi mumkin

IT-mutaxassislari xalqaro sertifikat uchun sarflanadigan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishi mumkin

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official


Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda IT-park direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Mahliyo Muksinova ma’lum qildi:

https://t.me/aokamediakontent

✔️ Mamlakatimizda IT- sohani yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, xalqaro IT-sertifikatlarini olishda ragʻbatlantirish tizimi yoshlarning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi va oʻz ustida ishlash uchun sharoit yaratishga, salohiyatini oshirish, shuningdek, mamlakat rivoji yoʻlida salmoqli hissa qoʻshishiga koʻmaklashmoqda.

Ragʻbatlantirish dasturi IT-mutaxassislariga xalqaro sertifikat olishga sarflanadigan mablagʻning 50 foizigacha kompensatsiya olish imkonini beradi.

Kompensatsiya pulini xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari qoʻlga kiritishi mumkin. Arizalar onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuboriladi.

Kompensatsiya beriladigan xalqaro IT-sertifikatlarining toʻliq roʻyxati it-istedod.uz saytida joylashtirilgan.

Ushbu xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun onlayn va oflayn tarzda kurslarni tugatish mumkin.

Onlayn kurslarni HUAWEI, Coursera, Skillbox, Geekbrains kabi platformalarda, oflayn taʼlimni esa IT-Park Toshkent filialida hamda poytaxtda joylashgan bir qator xususiy oʻquv markazlarida olish mumkin.

Sifatli IT- taʼlimning asosini yaratish va soha qiziquvchilarga, shuningdek, IT Park rezidenti boʻlgan taʼlim muassasalari bitiruvchilariga uskunalar xarid qilish uchun kreditlar berish imkoniyati taqdim etildi. Qarz mablagʻlari 2 yil muddatga taqdim etilib, uning foizi Yoshlar ishlari Agentligi budjeti hisobidan qoplanadi. Asosiy qarzni qarz oluvchining oʻzi toʻlaydi.

Kreditlarni “One Million Uzbek Coders” platformasidagi kurslarni maksimum ikki oy oldin tamomlaganlik sertifikatiga ega boʻlganlar yoki oxirgi 6 oy davomida IT Park rezidenti hisoblangan tashkilotlarning IT sohadagi oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlganlar olishi mumkin.

Pul mablagʻlari “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda beriladi.

Kompleks chora-tadbirlarning amaldagi isboti oʻlaroq, 2022-yilda boʻlib oʻtgan “ICTWEEK Uzbekistan” haftaligi doirasida 200 million dollarga yaqin 10 ta yirik hujjat imzolandi.

Jumladan, Coursera xalqaro ochiq onlayn taʼlim platformasi bilan kelishuvga koʻra, 2023-yildan boshlab 1 milliondan ortiq oʻzbekistonlik oʻgʻil-qizlar ITning 3 ta asosiy yoʻnalishi (Frontend, Python, IT-English) boʻyicha platformadagi mavjud onlayn kurslarda qatnashishi va xalqaro IT –sertifikatga ega boʻlishi imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, sifatli va hamyonbop IT-taʼlimni rivojlantirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park maʼmuriyati bilan hamkorlikda IT-Bilim moliyalashtirish tashkiloti va bilgi.uz platformalari ishga tushirildi.

Ushbu platforma orqali IT- sohasida bilim olishni xohlovchi yoshlar, moliyaviy yordamga muhtojlar, taʼlim muassasalari, moliyaviy tashkilotlar va murojaatchilar IT Bilim tashkilotiga murojaat qilib, Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori boʻlmagan foizlarda, imtiyozli davr bilan 3 yilgacha boʻlgan muddatda maqsadli qarz olishlari mumkin boʻladi.

Mablagʻlar ariza beruvchining moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari, garov taʼminoti miqdori va talablaridan kelib chiqib ajratiladi.

Report Page