“IT MARAFON – 2022” GA START BERILMOQDA

“IT MARAFON – 2022” GA START BERILMOQDA

Ushbu mamlakatdagi barcha insonlar kompyuterda dasturlashni bilishi shart! Chunki bu bizga qanday qilib fikrlashimiz kerakligin…


TATUDA SOVRIN MIQDORI 60 000 000 SOʻM BOʻLGAN “IT MARAFON – 2021” o’tkazilgan bo’lib g’olib bo’lgan talabalar pul mukofotlari va homiylarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishgan edi!

Joriy yilning 1-dekabridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan yurtimizdagi maktab oʻquvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlarimiz uchun “IT MARAFON-2022” tanlovi tashkil etilmoqda.Ushbu tanlovga start berishdan oldin ananalarimiz asosida TATU fakultet talabalari o’rtasida musobaqa tashkil etildi.

IT MARAFON – 2021

Ushbu musobaqa 2-bosqichda o’tkaziladi:

1-Bosqichda TATU barcha fakultetlari o’zlarining 1-va 2- kurs talabalari bilan yakka tartibda 3-dekabr kuni online ravishda musobaqalashishadi.Fakultetlar istalgancha o’z talabalari bilan qatnashishlari mumkin.Fakultet dekanlari har bir talabaning olimpiadaga qatnashishlarini ta'minlash uchun mas'uldirlar(ro'yxatdan o'tish:robocontest.uz/register).Hech bo’lmaganda 1-ta masala ishlagan talabalarga homiylar tomonidan sport dasturlash darslari taqdim etiladi.

2-Bosqichda TATU barcha fakultetlari o’zlarining 1-va 2- kurs talabalari bilan yakka tartibda 6-dekabr kuni offline ravishda musobaqalashishadi.Fakultetlar faqat 3 ta birinchi bosqichdan o’tgan eng kuchli talabalari bilan qatnashishlari mumkin.

Diqqat!!! Barcha g'oliblar TUIT OLIMPIADA jamoasiga a'zo bo’lib chet el musobaqalariga qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Musobaqaning faol ishtirokchilari homiylar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

IT MARAFON – 2021


Fakultetlar ham quyidagi nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishadi.

• Eng tez coder dasturchisi bilan ishtirok etgan fakultet;

• Eng sodda algoritm tuzgan dasturchisi bilan ishtirok etgan fakultet;

• Eng yosh dasturchi bilan ishtirok etgan fakultet;

• Eng ko’p ishtirokchi talabalari bor fakultet;

IT MARAFON – 2021

Roʻyxatdan oʻtish: robocontest.uz/register

IT MARAFON – 2021


Batafsil: https://bit.ly/IT-MARAFON2021


Ishtirokchilarda marafon boʻyicha qoʻshimcha savollar boʻlsa telegram orqali @robocontest_chat yoki Zarif Zafarovich ga murojaat qilishlari mumkin.

Marafon haqida batafsil: https://telegra.ph/IT-Marafon-2021-12-01

IT Marafon 2021: https://photos.app.goo.gl/AJWnFe9SJ9474ZrF8

@robocontest


Report Page