IT GIRLS

IT GIRLS

Nurislom Razzokov
Qizlarimiz axborot texnologiyalari sohasini to'liq egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berishga tayyormiz.

Axborot Texnologiyalari Vazirligi va Toshkentdagi Amiti Universiteti ko’magi bilan Albison akademyasi qizlar uchun mutlaqo bepul INTENSIV WEB-FULLSTACK kurslarini tashkil qildi. 

Kursga qatnashish jarayoni.

Kurs intensiv hisoblanib, qisqa vaqt ichida  dasturchilar tayyorlash uchun mo’ljallangan. 
  1. Birinchi bosqichda onlayn ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Ro'yxatdan o'tish 18- martga qadar davom etadi. Darslar har kuni saot 18:00 - 20:00 gacha Toshkentdagi Amiti Universitetida bo’lib o'tadi.
  2. Ikkinchi bosqichda tinglovchilar web dasturlashning Frontend bo'limidan saboq olishadi.
  3. Uchinchi bosqichda, Frontendi tugatib yana 3 oy Backend yoki mobile development kurslariga ham qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.
Intensiv kursda qatnashishning talablari:
  1. 15-28 yoshga barcha xotin-qizlar
  2. IELTS balining 7.0 dan kam bo'lmasligi
  3. Shaxsiy noutbuki bo'lishi

IT GIRLS kursida qatnashish uchun ushbu linkni bosing!

Batafsil:

So’ngi yillarda Respublikamizda ingliz tilini chuqur biladigan yoshlar kundan-kunga ko’payib bormoqda. IT sohasi eng tez o’zgaruvchan sohalardan biri bo’lib, yangi texnologiyalar va eng so’ngi manba’lar ingliz tilida yetkazib beriladi. Bu sohada kuchli mutahassis bo’lish uchun ingliz tilini juda yuqori darajada bilish talab etiladi.

Ushbu kurs dasturlashni o’rganishni endi boshlagan yoki mustaqil o’rganishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shu bilan birga ingliz tilini mukammal egallagan qizlarga mo’ljallangan. Kurs davomida barcha qo’shimcha o’quv materiallar to’liq ingliz tilida berib boriladi. Bundan tashqari doimiy ravishda soft skills mustahkamlash maqsadida treninglar va workshoplar tashkil etiladi. 

Eng asosiysi kursni muvafaqqiyatli yakunlagan har bir talaba o’zi uchun kuchli portfolio yaratishi va yurtimizning yetakchi IT kompaniyalarida suhbatdan o’tib amaliyot o’tash imkonini qo’lga kiritadilar. Dastur Yevropa standartlari asosida tuzilgan bo’lib, eng so'ngi texnologiyalardan tajribali ustozlar tomonidan saboq beriladi.



Report Page