“ISTIQLOL G‘UNCHALARI”

“ISTIQLOL G‘UNCHALARI”

respublika ko‘rik-tanlovi

NIZOMI



(Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati

tashkil etilgan)

Mazkur nizom “ZIYOLI AVLOD” madaniyat va ma’rifat markazi tomonidan

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”

O‘RQ-406-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini

ta’minlash, yangi iste’dodlarni kashf etish hamda madaniy-badiiy, intellektual

va ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ilm-fanni, milliy qo‘shiqchilik, musiqa

va san’atimizni keng targ‘ib etish maqsadida, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib,

yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida Mustaqilligimizning 35

yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan va har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Istiqlol

g‘unchalari” respublika ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda “tanlov” deb yuritiladi)

tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1.1. Tanlov har yili belgilangan grafik asosida umumta’lim maktablari, bolalar

musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari,

maktab-internatlari, barkamol avlod bolalar maktablari o‘quvchilari, oliy ta’lim

muassasalari talabalari, madaniyat markazlari, kelajak markazlarining to‘garak

qatnashchilari hamda erkin ijodkorlar va uyushmagan yoshlar ishtirokida an’anaviy

tarzda oʻtkaziladi.

1.2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish - tashkiliy qo‘mita –

“ZIYOLI AVLOD” madaniyat va ma’rifat markazi (keyingi o‘rinlarda matnda “tashkiliy

qo‘mita”) tomonidan muvofiqlashtiriladi va boshqariladi.

2-bob. Tanlovning maqsadlari

2.1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati

bilan yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlash,

hududlardagi yosh iqtidorlarni va bilimdonlarni aniqlash hamda ularning

intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun professional maydon

yaratish.

2.2. Iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularning iste’dodini yuzaga chiqarish.Milliy va zamonaviy san’at turlarini rivojlantirish, musiqiy merosni o‘rganish

va keng targ‘ib etishga ko‘maklashish.

3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish

3.1. Tanlov an’anaviy tarzda ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich: saralash hududlarda (Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo,

Namangan, Buxoro, Samarqand viloyatlarida) o‘tkaziladi va unda Respublikaning

barcha hududlaridan ixtiyoriy ravishda ishtirokchilar qatnashadi.

a) Birinchi (saralash) bosqichda Grand-Prix va 1-o‘rinni egallagan

ishtirokchilar - ikkinchi (final) bosqichida ishtirok etish huquqiga ega

bo‘ladi.

b) Birinchi (saralash) bosqichda 2-o‘rin, 3-o‘rin va “ishtirok uchun”

diplomlarini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar final bosqichida ishtirok

etmaydi.

Izoh: saralash bosqichida ishtirokchilar xohishiga ko‘ra qayta ishtirok etishi

mumkin. Tushuntirish: Buxoro viloyatida qatnashgan ishtirokchi xohishiga ko‘ra

ro‘yxatdan o‘tgan holda, Samarqanddagi saralashda ham qatnashishi mumkin.

Ikkinchi bosqich: final (Toshkent shahrida)

c) Ijodiy yo‘nalishlarda Ikkinchi (final) bosqichda birinchi bosqichdagi ijro

asarini takroran ijro etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

d) Ikkinchi (final) bosqichda ishtirok etish uchun, alohida ro‘yxatdan o‘tiladi,

va to‘lov amalga oshiriladi.

3.2. Tanlovning saralash bosqichi Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan,

Buxoro, Samarqand viloyatlarida, Ikkinchi, final bosqichi Toshkent shahrida

tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘tkaziladi. Reja-grafik markazning ijtimoiy

tarmoqlardagi sahifalarda e’lon qilinadi. Tanlovning o‘tkazilish muddatlari va

joyiga tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi

mumkin. Bunday hollarda markazning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda

e’lon qilinadi.

3.3. Zarurat tug‘ilganda tanlov nizomiga o‘zgartirish kiritish, hujjatlarni qabul

qilish va tanlov o‘tkazilishi, taqdirlash marosimi vaqti va joyini o‘zgartirish, tanlovni

bekor qilish tashkiliy qo‘mita vakolatida bo‘lib, bu haqida tashkilotning rasmiy veb

sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi. Tashkiliy qo‘mita

tomonidan tanlov bekor qilingan taqdirda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarning

badal to‘lovlari to‘liq qaytariladi.3.4. Ishtirokchilar (yoki jamoa) ixtiyoriy tarzda bir yoki bir nechta yo‘nalish va

nominatsiyalarda ishtirok etishi mumkin. Bunda, har bir ishtirok uchun alohida

ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

3.5. Belgilangan talablarga rioya qilmagan taqdirda ishtirokchilar hakamlar

hay’ati yoki tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlovdan chetlashtiriladi.

3.6. Tanlovni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha kelib chiqadigan nizolar Tashkiliy

qoʻmita tomonidan tartibga solinadi.

3.7. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish dasturi ishlab chiqilib, tashkiliy guruh

tomonidan tayyorlangan takliflar ishtirokchilarga taqdim etilishi mumkin. Bunda,

tanlov yakuniga qadar Mehmonxona (yoki yashash joyi), ovqatlanish, transport

xizmatlari va boshqa ko‘ngilochar dasturlar ko‘zda tutiladi. Ishtirok uchun

to‘lanadigan mablag‘ mazkur xizmatlarni o‘z ichiga olmaydi. Qo‘shimcha

xizmatlardan kelishuv asosida foydalanish mumkin bo‘lib, ixtiyoriy hisoblanadi

(majburiy emas).

4-bob. Tanlovda ishtirokchilarning yosh toifalari

4.1. Tanlovda ishtirokchilar quyidagi yosh toifalari bo‘yicha qatnashadi:

Musiqa va san’at yo‘nalishlarida:

Yakka ishtirokchilar yosh toifasi

1. 6-8 yosh

2. 9-11 yosh

3. 12-14 yosh

4. 15-17 yosh

5. 18-20 yosh

6. 21-25 yosh

7. 26-35 yosh

Guruh bo‘lib qatnashish yosh toifasi:

1. 6-14 yosh (aralash)

2. 15-17 yosh (aralash)

3. 18-35 yosh (aralash)Umumta’lim fanlar hamda adabiyot yo‘nalishida:

Kichik yosh toifasi (9–11 yosh):

Maktabning 3–5-sinf o‘quvchilari uchun.

O‘rta yosh toifasi (12–14 yosh):

Maktabning 6–8-sinf o‘quvchilari uchun.

Katta yosh toifasi (15–17 yosh):

Maktabning 9–11-sinf o‘quvchilari va b.

Professional toifa (18–35 yosh):

Oliy taʼlim muassasalari (bakalavr/magistr)

talabalari va taʼlim tizimidan tashqaridagi

yoshlar uchun.

5-bob. Tanlov yo‘nalishlari (Nominatsiya)

1-bo‘lim: Musiqa va san’at yo‘nalishlari:

Birinchi guruh: Cholg‘u ijrochiligi (yakka ijro, duet, trio, ansambl, katta guruh)

a) Fortepiano

b) Umumiy fortepiano

c) Torli cholg‘ular

d) Damli va zarbli cholg‘ular

e) Xalq cholg‘ulari

f) An’anaviy cholg‘u ijrochiligi

g) Estrada ijrochiligi

Ikkinchi guruh: Xonandalik (yakka ijro, duet, trio, ansambl, katta guruh)

h) An’anaviy xonandalik

i) Estrada xonandalik

j) Akademik xonandalik

k) Xor dirijorligi va xor jamoalari

Uchinchi guruh: Xoreografiya (yakka ijro, duet, trio, ansambl, katta guruh)

l) Klassik raqs

m) Milliy raqs

n) Xalq raqslari

o) Zamonaviy raqs

To‘rtinchi guruh: Tasviriy va amaliy san’at (yakka va jamoaviy)

p) Tasviriy san’at (rassomlik, grafika, haykaltaroshlik, miniatyura, mozaika va

vitraj, dizayn san’ati)

q) Amaliy san’at (naqqoshlik, zargarlik, kulolchilik, kashtachilik, o‘ymakorlik,

gilamdo‘zlik, chilangarlik va misgarlik, qo‘g‘irchoq yasash san’ati)

Beshinchi guruh: Teatr aktyorligi (yakka ijro, duet, trio, ansambl, katta guruh)

r) Monolog, masal, hikoya aytish, qo‘g‘irchoq teatri, etyud va boshqa janrlarOltinchi guruh: Folklor ijrochiligi (yakka ijro, duet, trio, ansambl, katta guruh)

s) Baxchichilik, jirov va oqin

t) Xalfachilik

u) Folklor ijrochiligi, xalq qo‘shiqchiligi, folklor teatr va an’anaviy xalq o‘yinlari

va boshqa janrlar

Yettinchi guruh: Musiqa nazariyasi (yakka tartibda)

v) Musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, musiqa adabiyoti, musiqa tarixi

Sakkizinchi guruh: Fototanlov (onlayn o‘tkaziladi)

x) Fotosuratlar tanlovi

2-bo‘lim: Umumta’lim fanlar hamda adabiyot (yakka tartibda)

1. Ingliz tili (test sinovi, og‘zaki nutq mahorati)

2. Matematika (test, misol, masalalar yechish va mantiqiy fikrlash mahorati)

3. Adabiy ijod va so‘z san’ati

x) Insholar tanlovi (berilgan mavzu asosida ijodiy yozma ish)

y) She’riyat tanlovi (mualliflik she’rlari yoki g‘azalxonlik, she’rxonlik

mahorati)

z) Kitobxonlik (badiiy asarlar tahlili va mutolaa madaniyati)

6-bob. Ishtirok etish shartlari

6.1. Ijro uchun quyidagi reglament har ikkala bosqichda (ijro davomiyligi)ga

rioya qilish talab etiladi:

1-bo‘lim:

Birinchi guruh: (cholg‘u ijrochiligi) – 6 daqiqagacha

Ikkinchi guruh: (Xonandalik) – 6 daqiqagacha

Uchinchi guruh: (Xoreografiya) – 7 daqiqagacha

To‘rtinchi guruh: Tasviriy san’at – 3 soatgacha, amaliy san’at – 4 soatgacha

(o‘zgartirilishi mumkin)

Beshinchi guruh: (Teatr aktyorligi) – 8 daqiqagacha

Oltinchi guruh: (Folklor ijrochiligi) – 8 daqiqagacha

Yettinchi guruh: (Musiqa nazariyasi) – 1 soatgacha (o‘zgartirilishi mumkin)

Sakkizinchi guruh: fototanlovda faqat 1 ta fotosurat qabul qilinadi.

Ishtirokchilar @fototanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va shu jarayonda 1 ta

fotosurat jo‘natadi.

2-bo‘lim:

1. Ingliz tili – 2 soatgacha2. Matematika – 2 soatgacha

3. Insholar tanlovi – 2 soatgacha

4. She’riyat tanlovi uchun – 10 daqiqagacha

5. Kitobxonlik uchun – test sinovi 1 soatgacha, hakamlar hay’ati bilan suhbat va

asarlar tahlili uchun har bir ishtirokchiga 7 daqiqagacha.

6.2. Birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, yettinchi guruh ishtirokchilari ijro

asarlarini mustaqil tanlaydi. (Majburiy asar berilmaydi).

6.3. To‘rtinchi guruh (Tasviriy va amaliy san’at, fototanlov yo‘nalishi)

ishtirokchilari uchun erkin mavzuda. Jumladan, mustaqillik, vatan madhi, fasllar

mavzusi hamda tanlov o‘tkaziladigan hudud (viloyat, shahar) tarixi, moddiy va

nomoddiy madaniy merosi, milliy urf-odat va an’analarini va boshqalarni tasvirlashi

mumkin.

Insholar tanlovi uchun har bir ishtirokchi bilet varyantidagi mavzulardan

birini tanlaydi.

6.4. Yuqoridagi reglament qat’iy hisoblanib, unga rioya qilinmagan taqdirda

hakamlar hay’ati tomonidan ijro (jarayon) to‘xtatilishi mumkin. Shuningdek,

baholashda reglamentga rioya qilinmaganligi inobatga olinadi.

6.5. Musiqa va san’at yo‘nalishida ishtirokchilar faqat 1 ta asar ijro qiladi, ijro

davomiyligidan qat’iy nazar belgilangan reglament ichida ikkinchi asarni ijro

qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikki qismli bir butun asarlar bundan mustasno.

6.6. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilar tanlovda faqat jonli ijro

qilishlari talab etiladi. Xonandalik yo‘nalishi ishtirokchilari musiqiy fonogrammadan

(minusovka) foydalanishi mumkin. Shuningdek, barcha yo‘nalishlarda ishtirokchilar

konsertmeysterdan foydalanishi (jalb etishi) yoki konsertmeyster partiyasini

musiqiy fonagramma shaklida birga ijro etishiga ruxsat etiladi.

6.7. Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi ishtirokchilarining tanlovgacha

bo‘lgan vaqtda (uyida) bajargan ishlari qabul qilinmaydi. Tanlov jarayonida

ajratilgan vaqt davomida yaratilgan ijodiy ish baholanadi. Shuningdek, har bir

bosqich uchun alohida asar bajarishi talab etiladi.

6.8. Fototanlov onlayn o‘tkaziladi. Ishtirokchilar @fototanlov_bot orqali

ro‘yxatdan o‘tadi va shu jarayonda 1 ta fotosurat jo‘natadi. Fotosuratlar komissiya

tomonidan baholanib, nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar

taqdirlash marosimiga taklif qilinadi va taqdirlanadi. Qolgan ishtirokchilar

taqdirlash marosimida qatnashmaydi. Ishtirok yuzasidan sertifikatlar onlayn tarzda

taqdim etiladi.6.9. Tanlovning barcha ishtirokchilari tanlovda qatnashish uchun zarur

bo‘lgan barcha narsalar va jihozlarni (konsertmeyster, cholg‘ular, bo‘yoq, qog‘oz,

rekvizit, minusovka, maxsus liboslar va boshqalar) o‘zlari bilan olib kelishlari talab

etiladi. Yuqoridagilar bo‘yicha tashkiliy guruh majburiyat olmaydi.

6.10. Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etgan

ma’lumotlarining aniq va to‘g‘riligiga javobgar hisoblanadi. Agar ma’lumotlar

noto‘g‘ri taqdim etilgan bo‘lsa bu ularning tanlovdan chetlashtirilishiga sabab

bo‘lishi mumkin.

6.11. Kitobxonlik yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchilarga taqdim etiladigan badiiy

adabiyotlar ro‘yxati (o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari) Tashkiliy qo‘mita

tomonidan tanlov boshlanishidan kamida 1 oy oldin markazning ijtimoiy

tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e‘lon qilinadi. Tanlovning saralash va final

bosqichlarida kitobxonlik ikki bosqichda (tavsiya etilgan kitoblar asosida test sinovi

hamda sevimli asarining g‘oyaviy mohiyatini og‘zaki bayon etish va tahlil qilish

shaklida) o‘tkaziladi.

7-bob. Hakamlar hay’ati tarkibi

7.1. Hakamlar hay’ati tarkibi professor-o‘qituvchilar oliy toifali pedagoglar,

musiqa va san’at sohasining tajribali mutaxassislari hamda professional

ijrochilardan shakllantiriladi.

7.2. Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida hakamlar

hay’ati tarkibi oldindan oshkor etilmaydi.

7.3. Hakamlar hay’atiga ta’sir o‘tkazishga urunish tanlovdan chetlashtirishga

sabab bo‘ladi.

7.4. Hakamlar hay’atining qarorlari yakuniy va hal qiluvchi hisoblanib, qayta

ko‘rib chiqilmaydi.

7.5. Tanlovda Gran-Prini belgilash hakamlar hay’atining tavsiyasi bilan

tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi.

8-bob. Ishtirokchilarni baholash mezonlari

8.1. Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda

quyidagicha baholanadi:

1. 100 ball – Gran Pri

2. 90-99 ball – 1-o‘rin (birinchi darajali diplom)

3. 80-89 ball – 2-o‘rin (ikkinchi darajali diplom)4. 70-79 ball – 3-o‘rin (uchinchi darajali diplom)

5. 1-69-ball diplom

Izoh: Gran Pri har bir yo‘nalishdan bir nafar ijrochi yoki guruh aniqlanadi.

Ishtirokchi soni ko‘p bo‘lgan taqdirda tashkiliy qo‘mita qaroriga ko‘ra ayrim

yo‘nalishlarga istisno qilinishi mumkin. Shuningdek, biror yo‘nalishdan Gran Pri

sovriniga loyiq ishtirokchi yoki guruh aniqlanmagan taqdirda ushbu yo‘nalishga

Gran Pri sovrini berilmaydi.

Baholash mezonlari quyidagicha:

8.2. Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Ijro texnikasi (ritm, tiniq tovush, notalarni to‘g‘ri bosish) – 25 ball

b) Ijro uslubi va musiqiy ifodaviyligi (dinamika, frazalash, ijodiy yondashuv) – 20 ball

c) Asarning murakkablik darajasi va interpretatsiyasi – 20 ball

d) Artistizm va sahnaviy madaniyat (sahnada o‘zini tutish, sahnaviy chiqish) – 15

ball

e) Jonli ijro talablari va reglamentga rioya qilish – 10 ball

f) Asarning original ijro variantlari va innovatsion yondashuv – 10 ball

8.3. Xonandalik yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Vokal mahorati (ovozi kuchi, diapazon, texnika) – 25 ball

b) Musiqiy va badiiy ifodaviylik (intonatsiya, frazalash, ovozning emotsional ifodasi)

– 20 ball

c) Diktsiya va matnni to‘g‘ri talqin qilish – 15 ball

d) Sahna madaniyati va artistizm – 15 ball

e) Jonli ijro talablari va reglamentga rioya qilish – 15 ball

f) Repertuar tanlovi va asarning murakkabligi – 10 ball

8.4. Xoreografiya yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Texnik mahorat (harakatlar aniq bajarilishi, muvozanat) – 25 ball

b) Badiiy ifodaviylik va sahna obrazini ochib berish – 20 ball

c) Harakatlarning musiqiy ifodaliligi va plastikaligi – 20 ball

d) Kostyum va sahnaviy ko‘rinishning uyg‘unligi – 15 ball

e) Iste’dod va ijodiy yondashuv – 10 ball

f) Reglamentga rioya qilish va sahna madaniyati – 10 ball8.5. Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Ijro texnikasi va ijodiy mahorat – 30 ball

b) Mavzuni ochib berish va asarning badiiy qimmati – 25 ball

c) Rang va shakllardan foydalanish, kompozitsiya uyg‘unligi – 20 ball

d) Ijodiy yondashuv va innovatsion elementlar – 15 ball

e) Vaqtga rioya qilish va jarayonni boshqarish – 10 ball

8.6. Teatr aktyorligi yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Rolda ijro mahorati va xarakterni ochib berish – 30 ball

b) Ovoz va nutq madaniyati (intonatsiya, talaffuz, ifodalilik) – 20 ball

c) Harakat va mimika mosligi – 15 ball

d) Sahnaviy chiqish va artistizm – 15 ball

e) Ijodiy yondashuv va rol tanlovi – 10 ball

f) Reglament va sahna madaniyati – 10 ball

8.7. Musiqa nazariyasi yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Nazariy bilimlar darajasi (notalar, solfedjio, garmoniya) – 30 ball

b) Musiqiy eshitish qobiliyati – 20 ball

c) Ijodiy tahlil va musiqaviy adabiyot bo‘yicha bilimlar – 20 ball

d) Notaga to‘g‘ri yozish va yozma ishlarda aniqlik – 15 ball

e) Reglamentga rioya qilish va materialni tushuntirish uslubi – 15 ball

8.8. Folklor ijrochiligi yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Folklor uslubiga mos ijro texnikasi va ovoz nazorati – 30 ball

b) Ezgulik va xalqona ruhni ifodalash – 20 ball

c) Musiqiy bezaklar va ijro an’analari – 20 ball

d) Sahnaviy madaniyat va kiyinish uslubi – 15 ball

f) Reglamentga rioya qilish va chiqishning umumiy saviyasi – 15 ball

8.9. Umumta’lim fanlar yo'nalishida baholash mezonlari:

Ingliz tili:

a) Javoblarning to‘g‘riligi va aniqligi (test yechimi) — 50 ball

b) Nutqning ravonligi, mantiqiy izchilligi, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashi, talaffuz va fonetik

aniqlik – 40 ball

c) Reglamentga rioya qilishi – 10 ballMatematika:

a) Masala va misollarning to'g'ri yechilganligi (Aniq natija) — 50 ball

b) Yechish usuli va yondashuvning professionalligi — 40 ball

c) Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va reglamentga rioya qilish — 10 ball

8.10. Insholar tanlovi yo‘nalishida baholash mezonlari:

a) Mavzuning to‘liq ochib berilishi va g‘oyaviy teranlik — 35 ball

b) Savodxonlik (grammatik, imlo va uslubiy xatolarning yo‘qligi) — 25 ball

c) Fikr bayon etishdagi o‘ziga xoslik va ijodiy yondashuv — 20 ball

d) Husnihat va matn shaklining nizom talablariga mosligi — 20 ball

8.11. She’riyat tanlovi yo‘nalishida baholash mezonlari:

a) She’rning badiiy saviyasi, qofiya va vazn talablariga mosligi (mualliflik uchun) —

30 ball

b) Nutq madaniyati, diksiya va emotsional ifodalilik (sahna mahorati) — 30 ball

c) Mavzuning dolzarbligi va vatanparvarlik g‘oyalarining tarannum etilishi — 20 ball

d) Sahna madaniyati va tashqi ko‘rinish (libos) uyg‘unligi — 20 ball

8.12. Kitobxonlik yo‘nalishida baholash mezonlari (100 ball):

a) Asarlarni o‘qiganlik darajasi va aniq bilimlar (tavsiya etilgan kitoblar bo‘yicha

savol-javob yoki test natijalari) — 35 ball

b) Savol-javob shartida tahliliy fikrlash va g‘oyaviy mohiyatni ochib berish (asardagi

qahramonlar xarakteri, yozuvchi g‘oyasiga ishtirokchining shaxsiy munosabati) —

25 ball

c) Nutq madaniyati va notiqlik mahorati (fikrni ravon, tushunarli, adabiy tilda va

emotsional yetkazib bera olishi) — 25 ball

d) Sahna madaniyati va savollarga tezkor javob berish (intuitsiya) — 15 ball

9-bob. Rag‘batlantirish

9.1. Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

e) Birinchi (saralash) bosqichda Grand-Prix va 1-o‘rinni egallagan

ishtirokchilar - ikkinchi (final) bosqichida ishtirok etish huquqiga ega

bo‘ladi. Belgilangan tartibda yo‘llanma – diplom, medal, esdalik sovg‘alar

bilan taqdirlanadi.

f) Birinchi (saralash) bosqichda 2-o‘rin, 3-o‘rin va “ishtirok uchun”

diplomlarini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar belgilangan tartibda diplom,

medal, esdalik sovg‘alar bilan (fototanlov ishtirokchilari bundan mustasno) taqdirlanadi. Biroq, final bosqichida ishtirok etmaydi.

Fototanlov (onlayn) ishtirokchilariga sertifikatlar elektron tarzda

yetkaziladi.

g) Ikkinchi (final) bosqichida 2-o‘rin, 3-o‘rin va “ishtirok uchun” diplomlarini

qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Final bosqichi sertifikati, tegishli diplom,

medal, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

h) Ikkinchi (final) bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar markaz

tomonidan tanlovlarda ishtirok uchun voucher, Final bosqichi sertifikati,

tegishli diplom, medal, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

i) Ikkinchi (final) bosqichida oliy o‘rinni (Grand Prix) qo‘lga kiritgan tanlov

g‘oliblari orasidan 1 nafari (yoki guruh) (tasodifiy random yoki lototron

orqali aniqlanib) qimmatbaho sovg‘a – Avtomobil (rusumi mavjud

imkoniyatdan kelib-chiqib, markaz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon

qilinadi) bilan taqdirlanadi.

j) Ikkinchi (final) bosqichida oliy o‘rinni (Grand Prix) qo‘lga kiritgan tanlov

g‘oliblari markaz tomonidan pul mukofotlari, markaz tomonidan

tanlovlarda ishtirok uchun voucher, final bosqichi sertifikati, tegishli

diplom, kubok (statuetka), esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

k) Ikkinchi (final) bosqichida oliy o‘rinni (Grand Prix) qo‘lga kiritgan tanlov

g‘oliblarining o‘qituvchisi (bir nafar) markaz tomonidan pul mukofoti

bilan taqdirlanadi.

9.2. Tanlovning g‘olib va sovrindorlari tashkilotning iqtidorli yoshlar

ro‘yxatiga kiritiladi, Respublika darajasida tashkil etiladigan konsert dasturlarida

ishtirok etadi. Shuningdek, tashkilotning xalqaro loyihalariga jalb etiladi.

9.3. Tanlov g‘oliblari orasidan eng ko‘p o‘quvchisi aniqlangan pedagog -

“Eng yaxshi pedagog”, ta’lim muassasasi rahbari esa “Eng tashabbuskor rahbar”

maxsus nominatsiyalari “Ziyoli avlod – millat iftihori” esdalik nishoni hamda

tashkiliy guruhning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

10-bob. Tanlov tashkilotchilari

10.1. Tanlov “Ziyoli avlod” madaniyat va ma’rifat markazi tomonidan

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, hududiy hokimiyatlar, “Kelajak markazlari” hamda

boshqa tashkilot va muassasalar ko‘magida tashkil etiladi. 10.2. Hamkor tashkilotlar tanlovni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan

hamkorlik qiladi, javobgarlik va majburiyat olmaydi, barcha tashkiliy masalalar

“Ziyoli avlod” madaniyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshiriladi.

11-bob. Tanlovda ishtirok etish

11.1. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirish orqali ishtirokchi (jamoa)

tanlovning barcha shartlarini qabul qiladi. (Har ikkala bosqichda)

11.2. Ariza belgilangan tartibda elektron shaklda to‘ldirilib, so‘ralgan barcha

hujjatlar va materiallar ilova qilinadi. Fototanlov ishtirokchilari telegram orqali

(@fototanlov_bot); qolgan yo‘nalishlar google forma orqali ariza (anketa)

to‘ldiradi. (Har ikkala bosqichda)

11.3. Tashkiliy qo‘mita mas’ul xodimi yozma tasdiqlagandan keyingina ariza

qabul qilingan hisoblanadi. (Har ikkala bosqichda)

11.4. Ariza qabul qilinganidan keyin, xujjatlarga va ishtirok uchun taqdim

etilgan materiallarga o‘zgartirish kiritilishi va almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11.5. Ariza qabul qilinganidan keyin, ishtirokchi o‘z xoxishiga ko‘ra tanlovda

ishtirok etishdan bosh tortgan taqdirda, shuningdek, tanlov natijalaridan norozi

bo‘lgan taqdirda ishtirok uchun undirilgan mablag‘ qaytarilmaydi. (Har ikkala

bosqichda)

11.6. Arizalarni qabul qilish vaqti belgilangan muddatidan oldin yopilishi yoki

uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda tashkiliy qo‘mita tomonidan kamida

1 kun oldin e’lon beriladi.

11.7. Tanlovda jamoa (guruh) bo‘lib ishtirok etish uchun qabul soni

cheklangan bo‘lib, muddatidan oldin yopilishi mumkin. Bunda, ijtimoiy tarmoqlar

orqali e’lon qilinadi.

11.8. Tashkiliy qo‘mita tanlov bilan bog‘liq barcha foto va video

materiallardan, shuningdek, ishtirokchilar haqidagi axborot materiallaridan

O‘zbekiston hududida va undan tashqarida tijorat-reklama maqsadlarida bepul

foydalanishga, ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali yoritishga haqli.

11.9. Tanlovda ishtirok etish uchun birinchi (saralash) bosqichiga alohida,

ikkinchi (final) bosqichi uchun alohida to‘lov undiriladi. To‘lov miqdorlari har ikkala

bosqich uchun quyida (13-bob) ko‘rsatiladi (keying yillarda o‘zgarishi mumkin).

Tanlov dasturi tashkilotning rasmiy veb sayti hamda ijtimoy tarmoqlardagi rasmiy

sahifalariga joylashtiriladi.12-bob. Tanlovni moliyalashtirish

12.1. Tanlovning tashkiliy masalalari ishtirokchilar tomonidan (ishtirok

uchun) to‘lanadigan badal to‘lovi hisobidan, homiylik mablag‘lari hamda

qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan moliyalashtiriladi.

12.2. Badal to‘lovi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

a) Gran Pri sovrindorlari uchun mukofotlar, statuetka, sertifikat

b) ishtirokchilar uchun diplom va tashakkurnomalar

c) 1-2-3-o‘rin sovrindorlari uchun medallar

d) nominatsiya g‘oliblariga sertifikat va maxsus sovg‘alar

e) barcha ishtirokchilarga sovg‘alar to‘plami

f) tanlangan ustoz va konsertmeysterlarga sovg‘alar

g) tashkiliy masalalar uchun ajratiladigan mablag‘lar

h) tanlov ishtirokchilarini rag‘batlantirish, pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar

13-bob. Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish

(ariza topshirish)

13.1. Tanlovda ishtirok etish uchun to‘lov miqdorlari quyidagicha:

TANLOVDA ISHTIROK ETISH BADAL TO‘LOVI

Birinchi bosqich

(saralash)

Ikkinchi bosqich

(final)

Yakka ishtirokchi

450 000 so‘m

500 000 so‘m

Duet va trio

(har bir ishtirokchi uchun)

400 000 so‘m

450 000 so‘m

Kichik guruh va ansambllar

4-7-nafar

(har bir ishtirokchi uchun)

350 000 so‘m

400 000 so‘m

Katta guruh va ansambllar

8 nafar va undan ko‘p

(har bir ishtirokchi uchun)

350 000 so‘m

400 000 so‘m

Fototanlov (onlayn)

100 000 so‘m

200 000 so‘m10 % lik imtiyozdan quyidagi toifadagi ishtirokchilar foydalanishi mumkin:

Kam ta’minlangan oila farzandlari, chin yetim va nogironligi bor ishtirokchilar

uchun;

Bir ishtirokchining o‘zi ikki va undan ortiq nominatsiya (yoki yo‘nalish)da

ishtirok etganda, ikkinchi yo‘nalishdan boshlab;

Bir ota-onaning ikkita farzandi ishtirok etganda ikkinchi ishtirokchi uchun;

Kam ta’minlangan oila farzandlari, chin yetim va nogironligi bor ishtirokchilar

ro‘yxatdan otish jarayonida tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan taqdirda imtiyozdan

foydalana oladi.

Bir ishtirokchi tanlovda ishtirok etish uchun faqat bir marta imtiyozdan

foydalanishi mumkin.

Imtiyozlar fototanlov uchun amal qilmaydi.

13.2. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirish:

Telegram kanali: @ijodiy_tanlovlar

Ariza topshirish: @ziyoli_avlod_operator

Telefon raqam: +99897-852-66-66

Veb sayt: www.ziyoliavlod.com

TO‘LOV UCHUN BANK HISOB RAQAMI:

Hisob raqami: 2020 8000 1073 2283 1001

MFO: 01033

Bank: Kapitalbank (chorsu filiali)

Kompaniyaning nomi: ООО "ZIYOLI AVLOD"TANLOV O‘TKAZILISH GRAFIGI

SARALASH BOSQICHI

(quyidagi bosqichda Respublikaning barcha hududlaridagi ishtirokchilar

qatnashishi mumkin)

T/r

Hudud nomi

O‘tkazilish sanasi

1.Xorazm viloyati

6-8-oktyabr

2.Navoiy viloyati

6-8-noyabr

3.Qashqadaryo viloyati

18-20-dekabr

4.Namangan viloyati

15-17-yanvar

5.Buxoro viloyati

26-28-mart

6.Samarqand viloyati

23-25-aprel

FINAL BOSQICHI

1 .Toshkent shahri

17-20-may

Izoh: Saralash bosqichida ishtirokchilar xohlagan hududidan qatnashishi

mumkin. Shuningdek, xohishga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan holda, takroran ishtirok

etishga ruxsat beriladi.

FINAL BOSQICHI OLIY SOVRINI AVTOMOBIL!

Report Page