“ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVINING HUDUDIY BO‘LINMALAR RESPUBLIKA SARALASH BOSQISHI O‘TKAZILDI

“ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVINING HUDUDIY BO‘LINMALAR RESPUBLIKA SARALASH BOSQISHI O‘TKAZILDI


Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovining respublika saralash bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov nizomiga asosan 3 ta shart bo‘yisha “Saralash”, “Tarmoq va mintaqaviy”, “Yakuniy final” bosqichlarida bo‘lib o‘tmoqda.


Toshkent davlat Agrar universitetida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbirda O‘zbekiston Resrublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiuning Qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining yosh xodimlardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovi hududiy bo‘linmalarining resrublika saralash bosqishi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur tanlovning navbatdagi bosqichida 6 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆 Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Liderlar” jamoasi 🥇 1-o‘rin, Sirdaryo viloyatining Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak liderlari” jamoasi 🥈 2-o‘rin, Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak umidlari” jamoasi 🥉 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan tanlovda ishtirok etgan jamoalarga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.


Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tanlovning navbatdagi hududiy bo‘linmalarining respublika saralash bosqichidagi bellashuv ikkita g‘olib jamoa Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Liderlar” va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.


Tadbir avvalida Qishloq xo‘jaligi vazir maslahatshisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, dastlab tanlov ishtirokchilarini 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutladi. Shuningdek, tanlov Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 11-oktyabrdagi 214-sonli buyrug‘iga asosan mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini ta'minlash, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlovchi, innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga qaratilgan milliy kadrlar siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida o‘tkazilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Bahs-munozalarga boy bo‘lgan ushbu turda ikki jamoa vakillari tanlov nizomidagi 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.


Tanlov so‘ngida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoasi 🏆g‘olib deb topilib, yakuniy final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

✅Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlovning ushbu bosqichida o‘z bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilgan 2 ta jamoa vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi..


Report Page