“...ISTE'MOLCHILARGA JIHOZLARNING SOZ BO‘LISHI NAQADAR MUHIMLIGINI TUSHUNTIRYAPMIZ...”

“...ISTE'MOLCHILARGA JIHOZLARNING SOZ BO‘LISHI NAQADAR MUHIMLIGINI TUSHUNTIRYAPMIZ...”


Andijon shahri tabiiy va suyultirilgan gaz iste'molchi borasida viloyatdagi eng yuqori o‘rinni egallaydi. Bugun viloyatning bosh shahrida 21 mingdan ziyod tabiiy va 50 mingga yaqin suyultirilgan gaz iste'molchilari istiqomat qiladi va barchasi gaz jihozlaridan foydalanib kelmoqdalar. 

 Andijonliklar xonadonlarida 196 ming 278 dona uy ichi gaz jihozlari xatlovdan o‘tkazilgan. 30 759 ta 2 komforkali, 66 317 ta ta 3 va 4 komforkalik gaz plitalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. 45 mingdan ortiq isitish pechlari, 27 086 ta titanlar, 3500 ta isitish qozonlari va 23 000 dona boshqa turdagi gaz jihozlari texnik ko‘rikka muntazir bo‘lib turibdi. Shu kungacha filial xodimlari tomonidan 140 mingga yaqin uy ichi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib bo‘lindi. 

“Agar xonadonlardagi har bir gaz jihozlari texnik jihatdan soz bo‘lsa, tabiiy gazdan foydalanishda ham isrofgarchilikni oldini olgan bo‘lamiz,-deydi “Andijonshahargaz” filialining uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Farruxbek Ibrohimov. - Har bir xonadonga kirganimizda mo‘rikonlarni sozligi, jihozlarni to‘g‘ri o‘rnatilganligiga e'tibor beramiz. Iste'molchilarga jihozlarning soz bo‘lishi naqadar muhimligini tushuntiryapmiz, energiya tejamkor gaz jihozlarining targ‘iboti ham chetda qolmayapti.”

Bugun Andijonda 5 minga yaqin uylarda energiyatejamkor jihozlaridan foydalanilmoqda. Yil oxirigacha ushbu raqamni yanada ko‘paytirish harakatida bo‘lgan andijonlik soha xodimlari iste'molchi xafvsizligi uchun texnik ko‘riklarni  o‘z vaqtida qilish, boshqa yo‘nalishda ham targ‘ibot ishlarini jonbozlik bilan olib bormoqdalar.  Zero, bugun ularning xizmatlari aholi xavfsizligini ta'minlash uchun hissa qo‘shishlikka qaratilgan. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page