ISTE'MOLCHILAR FIKRLARI O‘RGANILDI

ISTE'MOLCHILAR FIKRLARI O‘RGANILDI


FOTOJAMLANMA

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali direktorining suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rinbosari viloyatning chekka hududlarida bo‘lib, iste'molchilarga yetkazib berilayotgan gaz sifati, miqdori va onlayn tizimning ishlashi bilan tanishdi. Dastlab Buloqboshi tumanidagi “Qashqar” MFY o‘ramidagi aholi xonadonlariga kirildi. U yerda ID kartalarning ishlashi, nazorat tarozilari va yetkazib beruvchi chilangarlarning muomala madaniyati haqida fikrlar almashildi. Shuningdek, Xo‘jaobod tumanidagi “Tosh ota” MFY hamda Jalaquduq tumanidagi “Yangi ko‘rpa” MFYda  iste'molchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi onlayn tizim hamda uning ahamiyati haqida aholiga ma'lumotlar berildi. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page