ISHGA OLISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

ISHGA OLISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

"Samarqand yoshlari" gazetasi

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 128-moddasida xodimni haqiqatda ishga qo‘yish belgilangan. Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’iy nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan e’tiboran tuzish deb hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish ish beruvchini xodimning ishga qabul qilinishini lozim darajada rasmiylashtirish majburiyatidan ozod etmaydi. Haqiqatda ishga qo‘yilganda ish beruvchi ish boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda mehnat shartnomasini tuzish va xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarish orqali xodim bilan yakka tartibdagi mehnat munosabatini rasmiylashtirishi shart. Agar jismoniy shaxs ish beruvchi bunga vakolat bermagan xodim tomonidan haqiqatda ishga qo‘yilgan bo‘lsa, ish beruvchi yoki uning vakolatli vakili haqiqatda ishga qabul qilingan shaxs va ushbu ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb tan olishni (haqiqatda ishga qo‘yilgan shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzishni, ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarishni) rad etayotgan bo‘lsa, manfaatlarini ko‘zlab ish bajarilgan ish beruvchi bunday jismoniy shaxsga u haqiqatda ishlagan vaqt (bajargan ishi) uchun tegishli murakkablikdagi (malakadagi) ishni bajarganlik uchun belgilangan tarif stavkasidan (maoshdan) kelib chiqib haq to‘lashi shart.

Sherzod XOLIQOV,
Past Darg‘om tuman Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuristkonsulti.


Report Page