IS GAZI – KO’RINMAS QOTIL!

IS GAZI – KO’RINMAS QOTIL!


Yurtimizga sovuq havo harorati ham kirib kelmoqda. Natijada aholining tabiiy gazga bo’lgan ehtiyoji tobora ortadi. Ba’zi fuqarolarning befarqligi sabab turli baxtsiz hodisalar yuzaga kelmoqda. kuz - qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialining “Sergelitumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi yongʻin va isitish jihozlari sababli kelib chiquvchi is gazida quyidagilarga eʼtibor berishingizni soʻraydi va ogohlantiradi:

- Elektr isitish jihozlardan uzoq vaqt va uzluksiz foydalanmang;

- Qoʻlbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

- Gaz plitasidan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

- Gaz uskunalarini ulashda nostandart rezina shlanglardan foydalanmang;

- Isitish pechlarining dudboʻron va moʻrikonlari sozligini tekshiring yoki mutaxassislarga tekshirtiring;

- Dudboʻron va moʻrikonlarga alohida eʼtibor bering;

- Koʻp qavatli uylarni ventilyatsiya kanallari ochiqligiga eʼtibor bering;

- Gaz jihozlaridan foydalanish koʻnikmasi boʻlmagan isteʼmolchilar yoki yosh bolalar tmonidan foydalanishiga yoʻl qoʻymang;

- Gaz jihozlarini yoqilgan holatida qoldirmang.

Har bir fuqaro xonadonidagi gaz jihozlarining soz holatda ekanligiga e’tiborli bo’lsa, ko’ngilsiz voqealarning oldini olgan bo’ladi. Qolaversa, inson salomatligi uchun o’zi javobgardir. Shu boisdan ham uyda bolalarni qarovsiz qoldirmang, gaz plitasidan foydalanib bo’lgach, o’chirishni unutmang!

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page