IQuiz 91000 yoshni chuv tushirdimi? Yoxud Yoshlar Ittifoqining yana bir shubhali loyihasi!

IQuiz 91000 yoshni chuv tushirdimi? Yoxud Yoshlar Ittifoqining yana bir shubhali loyihasi!


2020-yil 30-aprel kuni t.me/koronavirusinfouz sahifasida quyidagi e'lon joylandi

Haqiqatda IQuiz kanalida bir nechta mavzularda testlar berildi va tanlov bo'lib o'tdi. Yakunda 1,2,3-o'rinlar finalga yo'l olishdi

Xo'sh 1,2,3-o'rinlar haqqoniy aniqlandimi, shu savolga javob bermoqchiman. Quyida "Huquqiy savodxonlikni aniqlash bo’yicha test savollari" mavzusidagi testlarda erishgan natijam (30ta savolga 1 minut 29 sekund vaqt sarflangan) , 35-o'rin.

Bundan ko'rinadiki eng yuqoridagi natijalar vaqt bo'yicha ko'rsatilgan. 35-o'rinni egallash uchun bir yarim minut vaqt ketkazilsa, demak 1,2,3-o'rinlar uchun 30 sekund vaqt ketganmi? Menimcha bunday qisqa vaqtda 30ta testni barchasini to'g'ri ishlash uchun yo kompyuter bo'lish kerak, yo javoblarni oldindan bilish kerak.

Hop bunga ham mayli, 16-may kuni finalchilar e'lon qilindi. Qay tartibda saralangani bizga qorong'u

Endi final haqida to'xtalamiz!!!

Final juda ham past saviyada tashkil qilindi, bunday deyishimizga bir qancha asoslarimiz bor:

1-asos. Final vaqti va reglamentining juda o'zgaruvchanligi

Negadir final e'lon qilingan vaqtda boshlanmadi, boshlanganda esa o'ylash uchun vaqt 2 barobar qisqarib 30 sekundga tushib qoldi.

2-asos. Savollarda xatoliklar uchragani

3-asos. Hakamlar xohlagan vaqtida turnir vaqtini o'zgartirgani

17:53da e'lon qilingan yarim soatlik pauza 17:55da tugab qoldi! Menimcha hakamning soati juda tez yursa kerak...

15-savoldan keyin finalning qolgan savollari 20:30da berilishi e'lon qilindi (shuncha cho'zish kimga kerak bilmadim)

Ammo barcha kutgan 17-may kuni 20:30da hechqanday savol berilmadi va finalning qolgan qismi 20-may kuni, oradan naq 3 kun o'tib tashkil etildi. Tashkil etilganda ham bu haqida ishtirokchilarga atigi 45 daqiqa oldin xabar berildi.

20:45da e'lon qilinib, 21:25 da boshlandi

4-asos. Natijalar xato hisoblandi

Natijalar xato hisoblandi
Ishtirokchilar e'tirozlari qabul qilinmadi
Finalda 2ta bir xil familiyalik ishtirokchi qatnashgan ko'rinadi
Savollarga javob berilmay guruhda yozish bloklab qo'yilgan

Bu loyihaning asosiy tashkilotchisi Yoshlar Ittifoqi, bu haqida e'londa ham aytib o'tilgan. Agar tanish-bilishchilikni Ittifoqni o'zi boshlab berayotgan bo'lsa, qolgan Ittifoq a'zolaridan nimani kutish mumkin.

Ha yana bir ma'lumot finaldagi bosh hakam Yoshlar Ittifoqining mansabdor vakili

Xullas xulosa qilish o'zingizdan, men faqat to'plangan ma'lumotlar asosida kamchiliklarni keltirib o'tdim. Bu loyiha juda ko'p yoshlarni o'ziga jalb qila oldi, ammo yakunda natija va saviya kutganimizdek bo'lmadi.

5 million pul beriladimi, #KhamidullaevZafar haqiqatda tanish-bilishchiligi bormi bunisi menga qorong'u

©️ Izzatxo'ja Asomiddinov

Report Page