Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o'rinbosari lavozimiga Ortiqov Akmalxon Jo'raxonovich tayinlandi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o'rinbosari lavozimiga Ortiqov Akmalxon Jo'raxonovich tayinlandi


EconomyPress

Ortiqov Akmalxon Jo'raxonovich O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari lavomizimiga tayinlandi.

Akmalxon Ortiqov 1980 yilda tug'ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2001 yildan 2013 yilgacha moliya vazirligi tarkibida turli lavozimlarda ishlagan.

2013-2015 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasiga, 2015-2017 yillarda Farg'ona viloyatlariga rahbarlik qilgan.

2017 yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan.

2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini turmush darajasini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2018-2019 yilgacha Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Report Page