INTERNET VA YOSHLAR

INTERNET VA YOSHLAR


Ijtimoiy tarmoqlarda milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarga, aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish vazifamizdir.

Internet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog‘i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir.

Tabiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo‘lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.

Ayniqsa bu ta’sir doirasidan o‘smir yoshlar ham yo‘q emas. Bu borada mutaxassislarning so‘zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda:

internet tarmog‘idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog‘liq muhim aniq dalillarga ega bo‘lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma’lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir.

Sir emaski, odamlarni turfa xili bo’lgani kabi, internetdan bazan g’arazli niyatlarini amalga oshirish maqsadida foydalanuvchilar ham yo’q emas. Ular internetga tuzoq qo’yib, o’zgalarning hayotlarini xavf ostida qoldirib, shuning orqasidan mo’may daromad ortirishmoqda. Internetdagi g‘arazli maqsadda bo‘lganlar tuzog‘iga tushganlar oqibatida chet davlatlarda bir qator urushlar va ko‘ngilsizliklar uchrab turishi bugungi kunda barchamizga ma’lum.

Vatanparvarlik ota-bobolardan meros qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, о‘z ona Vatanini dushmanlardan, yot va begona g‘oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikni nazarda tutadi. Ulamolarimiz vatanparvarlik oddiy shior yoki his-tuyg‘u emasligi, balki uni quyidagi hayrli amal va ibratli ishlarda ifoda etish lozim ekanini ta’kidlaydilar.

Bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo‘lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgan va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarimizni, o‘zimizni, yaqinlarimizni, yurtdoshlarimizni g‘arazli kimsalarni tuzoqlariga tushib qolishdan oldini olishimiz, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmog‘imiz zarur.

Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg‘usini har doim shakllantirishimiz, ularni ko‘proq kitob mutolaasiga jalb etishimiz zarur.

Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qо‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bо‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bо‘lib qolmog‘i lozim.

✍🏻Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi

Report Page