INSTITUTDA TALABA-QIZLAR O‘RTASIDA “SIZ YANGI QONUNNI BILASIZMI?” VIKTORINASI O‘TKAZILDI

INSTITUTDA TALABA-QIZLAR O‘RTASIDA “SIZ YANGI QONUNNI BILASIZMI?” VIKTORINASI O‘TKAZILDI


Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida "Ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida joylarda turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugun, 8-iyun kuni ayni shu mavzuga tayangan holda Andijon davlat chet tillari institutida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” viktorinasi o‘tkazildi. Unda, Ingliz tili va adabiyoti, Roman-german va slavyan tillari, Ingliz tili filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetlarining talaba qizlaridan tashkil topgan “To‘maris”, “Femida”, “Orzu”, “Viktoriya” va “Turon” jamoalari bellashdilar.

Viktorina ishtirokchilariga joriy yilning 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisidagi savollar berildi.

Yakunda jamoalar quyidagicha o‘rinlarni egalladi:

I-oʻrin: “Turon” jamoasiga;

II-oʻrin “Femida” jamoasiga;

III-oʻrin “To‘maris” jamoasiga nasib etdi. G‘olib jamoalar esdalik sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.


Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Report Page