INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi.
Yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, besh nafar III-kurs tayanch doktorantlarining 2022 yil «Hisoboti» va 2023 yil «Ish rejasi» muhokamalari o‘tkazildi. Jumladan:
1.Kattaeva Gulnoza Norqulovnaning «Orol dengizi qurigan tubi tuproq-grunt qoplamlarining genetik, ekologik–meliorativ xususiyatlari» (g‘arbiy qismi misolida) mavzusida;
2.Bobonorov Bekzod Boymirzaevichning «Tabiiy ofat yuz bergan hudud tuproqlarining holati, unumdorligini qayta tiklash yo‘llari» mavzusida;
3.Qurdashev Qudrat Davlatovichning «Sug‘oriladigan gipsli tuproqlar unumdorligini baholash va ulardan samarali foydalanish yo‘llari» (Mirzaobod tuman misolida) mavzusida;
4.Normatov Yodgor Mamanazarovichning «Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash» mavzusida;
5.Xolmatov Otabek Ismatovichning «Fosforli o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiya ishlari yuzasidan yillik hisoboti va amalga oshirgan ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlab doktorantlarning dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy nashrlarda chop etgan ilmiy ishlari va 2023 yilda bajarishi lozim bo‘lgan ilmiy ish rejalari yuzasidan taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng Ilmiy-uslubiy kengash a’zolari va ilmiy xodimlari tomonidan doktorantlarning ish dasturlari va olib borgan tadqiqotlari yuzasidan savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda uslubiy kengash raisi va kengash a’zolari tomonidan har bir talabgorning mavzulari doirasida taklif va tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzular doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy sahifalarimizda kuzatib boring!
👇
✍️Veb sayt: Soil.uz
🖥Youtube: Soil tuproqshunoslik
📱Telegram: TATI Soil