INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi.

Yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, 2 nafar ilmiy xodimning 03.00.13 – «Tuproqshunoslik» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishlarining muhokamasiga bag‘ishlandi.

1.Mamajanova O‘ktamxon Xasanbaevnaning «So‘x daryosi yoyilmasi sug‘oriladigan tuproqlarining genetik-meliorativ xususiyatlari va unumdorligi» mavzusidagi;

2.Jo‘raev Shuhrat Abdunabi o‘g‘lining «Chirchiq daryosi havzasi asosiy tuproqlari, ularning fosfatli holatini yaxshilashning ilmiy asoslari» mavzusidagi dissertatsiya ishlari yuzasidan amalga oshirgan ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab talabgorlar dissertatsiya ishlari yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Uslubiy kengash a’zolari tomonidan talabgorlarga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.

Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzular doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Report Page