INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi.

Yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, 3 nafar tayanch doktoranturani tugallagan ilmiy hodimlarning 2022 yil «Hisoboti» va 2023 yil «Ish rejasi» muhokamalari o‘tkazildi. Jumladan:

1. Karimov Xaitoli Xursanovichning “Boʻz tuproqlar mintaqasida organik moddani shakillanishi, fizik-kimyoviy xossalariga tabiiy va antropogen omillarning taʼsiri (Toshkent vohsi misolida)” mavzusida;

2. Xalilova Zarina Farxodovnaning “Chirchiq daryosi havzasi tuproqlarini agrofizikaviy xossalari,ularni GAT asosida tahlili” mavzusida;

3. Geldiyev Odil Alpomishevichning “Lalmi tuproqlarni agrofizikaviy holati va ishlov bermasdan ekish (Notill) texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishlari yuzasidan yillik hisoboti va amalga oshirgan ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab talabgorlarning ishi yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy nashrlarda chop etgan ilmiy ishlari va 2023 yilda bajarishi lozim bo‘lgan ilmiy ish rejalari yuzasidan taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng Ilmiy-uslubiy kengash a’zolari va ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy hodimlarning ish dasturlari va olib borgan tadqiqotlari yuzasidan savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda uslubiy kengash raisi va kengash a’zolari tomonidan har bir talabgorning mavzulari doirasida taklif va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzular doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Report Page