INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi. 

Yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi. 

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, ikki nafar II-kurs tayanch doktorantlari va uch nafar doktorantlarning 2022 yil «Hisoboti» va 2023 yil «Ish rejasi» muhokamalari o‘tkazildi. Jumladan:

1.Pulatov Muxitdin Kamoliddinovichning  “Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusida;

2.Qarshiboev Xusan Shamsiddin o‘g‘lining “Geoaxborot tizimi texnologiyalari yordamida tuproq degradatsiyasini baholash (Buxoro viloyati Buxoro tumani misolida)” mavzusida;

3.Xoldarov Davronbek Madaminovichning “Farg‘ona vodiysi sho‘rlangan tuproqlari biogeokimyosi va foydalanish yo‘llari” mavzusida;

4.Nizamov Sobirjon A’laevichning “Sanoat korxonalarining salbiy ta’siriga uchragan sug‘oriladigan xudud tuproqlarini agrokimyoviy va ekologik holatini yaxshilash yo‘llarini ilmiy-amaliy asoslari” mavzusida;  

5.Ochilov Saloxiddin Qulmurotovichning “Qashqadaryo havzasi sug‘oriladigan tuproqlarining kimyoviy xossalari, gumusli holati va ularning unumdorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi dissertatsiya ishlari yuzasidan yillik hisoboti va amalga oshirgan ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab doktorantlarning dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy nashrlarda chop etgan ilmiy ishlari va 2023 yilda bajarishi lozim bo‘lgan ilmiy ish rejalari yuzasidan taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. 


Shundan so‘ng Ilmiy-uslubiy kengash a’zolari va ilmiy xodimlari tomonidan doktorantlarning ish dasturlari va olib borgan tadqiqotlari yuzasidan savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda uslubiy kengash raisi va kengash a’zolari tomonidan har bir talabgorning mavzulari doirasida taklif va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzular doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.


Report Page