INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi.

Yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, besh nafar II-kurs tayanch doktorantlarining 2022 yil «Hisoboti» va 2023 yil «Ish rejasi» muhokamalari o‘tkazildi. Jumladan:

1.Xushmurodov Jobir Panjievichning «Sug‘oriladigan och-tusli bo‘z tuproqlarning agroekologik holati va dukkakli ekinlarda og‘ir metallarning akkumulyatsiyasi (Nurobod tumani misolida)» mavzusida;

2. Igamberdieva Dilfuza Alimovnaning «Eroziyaga qarshi qo‘llanilgan chora-tadbirlar ta’sirida tuproq xossalarining o‘zgarishi» mavzusida;

3. Avezova Nargiza Azat qizining «Oziqa elementlari me’yorlariga mikroo‘gitlarni qo‘llash usuli va samaradorligi(Toshkent viloyati misolida)» mavzusida;

4. Mamatqulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining «Tuproq shamol eroziyasini masofadan zondlash ma’lumotlari yordamida modellashtirish va eroziya xavfini baholash (Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani misolida)» mavzusida;

5. Do‘saliev Alijon Toshpo‘lat o‘g‘lining «Orol dengizi qurigan tubi tuproq-grunt qoplpmlprini landshaft geokimyoviy xususiyatlari (Orol dengizini markaziy qismi misolida)» mavzusidagi dissertatsiya ishlari yuzasidan yillik hisoboti va amalga oshirgan ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab doktorantlarning dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy nashrlarda chop etgan ilmiy ishlari va 2023 yilda bajarishi lozim bo‘lgan ilmiy ish rejalari yuzasidan taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng Ilmiy-uslubiy kengash a’zolari va ilmiy xodimlari tomonidan doktorantlarning ish dasturlari va olib borgan tadqiqotlari yuzasidan savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda uslubiy kengash raisi va kengash a’zolari tomonidan har bir talabgorning mavzulari doirasida taklif va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzular doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Report Page