INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashda Tillabekov Begzod Alisher o‘g‘lining «Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yangi turdagi mikroelementli fosforli o‘g‘itlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri» mavzusidagi 06.01.04 - «Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim yetgan dissertasiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh.M.Bobomurodov olib bordi.

Talabgor Ilmiy kengash a’zolariga olib borgan ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertatsiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash va kengash a’zolari tomonidan talabgorga taklif, tavsiyalar berildi.

Ushbu majlisda Ilmiy kengash tomonidan dissertantning ilmiy daraja olish uchun tayоrlagan dissertatsiya ishi himoyasi uchun Tillabekov Begzod Alisher o‘g‘liga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qabul qilindi. 

Ilmiy kengash majlisi ishi onlayn va offlayn shaklida bo‘lib o‘tdi.

Report Page