“INFOLIB O'ZBEKISTON-2022 ” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekistonning intellektual salohiyati – yoshlar qo’lida ” II Yosh kutubxonachilar forumining ochilish marosimi

“INFOLIB O'ZBEKISTON-2022 ” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekistonning intellektual salohiyati – yoshlar qo’lida ” II Yosh kutubxonachilar forumining ochilish marosimi


2022-yil 31-oktabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shofirkon tuman boʻlinmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” shiori ostida Akademik To`ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O'ZBEKISTON-2022” XI  Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekistonning intellektual salohiyati – yoshlar qo’lida” II Yosh kutubxonachilar  forumining ochilish marosimi va “Kitob hayotni o’rgatuvchi murabbiydir” mavzuli kecha o'tkazildi. Milliy axborot-kutubxona haftaligiga start berildi. Bayramona bezatilgan Axborot-kutubxona markazida yanragan kuy va doira sadolari tadbirga ko`taringki ruh bag`ishladi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad shundaki kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, yoshlarga milliy va jahon adabiyotini tizimli targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda axborot olish madaniyatini shakllantirish va yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, aholiga axborot olishlari va aholiga xizmat ko`rsatishning zamonaviy ishlanmalari bilan tanishtirish, yoshlarni intelektual bilim va saviyalarini oshirish va kutubxonalarga qiziqtirish.

“INFOLIB O'ZBEKISTON-2022” XI  Milliy axborot-kutubxona haftaligini Akademik To`ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markazi  Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat rahbari I. Sharopova ochib berdi va axborot-kutubxona markazida o`tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haftaligi o`z ishini boshlaganligini bildirdi, shuningdek, tumanimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlarimizning kitobga bo`lgan ehtiyojlarini ta’minlash davlat siyosatini ustivor yo`nalishlaridan biri ekanligini, kitobxonlarga kitob o`qishning inson hayotidagi afzalliklari, mashhur kishilarning erishgan yutuqlari, axborot-kutubxona foliyatini rivojlantirish, fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo`yicha konstitutsiyaviy, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyatini asrab-avaylash, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo`lishini ta’minlash, milliy madaniy meroslarni saqlash va boyitish, hayotimizda axborot-kommunikasiya vositalari muhim o`rin egallashi va ilg`or texnologiyalar kutubxona ishida ham kitobxonlarga yanada qulayliklar yaratilganligini alohida ta’kidladi.  

Besh tashabbus loyihasini muvofiqlashtirish mutaxassisi F. Xo’jaeva so’zga chiqib, “Kitob – insonning aqliy taraqqiyoti va ma’naviy kamolotiga yordam beruvchi, ilm durdonalarini to‘plab, avlodlarga yetkazuvchi, o‘tmishni, bugun va ertangi kunga bog‘lab turuvchi ma’naviy boylik. O‘zbek oilalarida kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik qadimiy an’analardan bo‘lib, xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutib kelyapdi”,- deya takidlab o’tdi.

“Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi a’zolari M.Asqarova A.Oripovning “O`zbekiston”, F.Rahimova “Ona tilim”, S.Baxtiyorova “O`zbekiston yoshlari”, R.Po`latova A.Oripovning “Onajon” she’rlarini aytib, donolarning kitob haqidagi hikmatli so`zlaridan namunalar keltirdilar.

“INFOLIB O'ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekistonning intellektual salohiyati – yoshlar qo’lida ” II Yosh kutubxonachilar  forumining dasturi doirasida Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi davomida abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish xizmat mutaxassislari Z.Shomurodova, V.Shomatovalar Z.Mo`minovaning “Bolaga kitob bering!” va M.Toirning “Kitob kerakdir” she’rlarini yod aytib berdilar.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shofirkon tuman boʻlinmasi rahbari D.G'afforova, "Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda",-deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati





Report Page