INFO-TUR DOIRASIDA TURKIYALIK BIR QATOR OAV VAKILLARI VA BLOGERLAR SAMARQANDGA TASHRIF BUYURISHDI

INFO-TUR DOIRASIDA TURKIYALIK BIR QATOR OAV VAKILLARI VA BLOGERLAR SAMARQANDGA TASHRIF BUYURISHDI


Joriy yilning 15-fevral kuni Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va “influenser”lari Samarqanddagi ziyoratgohlarga tashrif buyurishdi hamda mahalliy madaniyat va turizmning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishishdi. Tashrif davomida shaharning diqqatga sazovor joylarini foto va video tasvirlarga olish ishlari olib borilib, Turkiyadagi ommaviy axborot vositalarida Samarqandning sayyohlik salohiyati, xususan ziyorat turizmi salohiyati haqida maqola va fotoreportajlar chop etilishi kuzda tutilgan. Ushbu tadbirlar Turkiyadan Samarqandga sayyohlar oqimini ko'paytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ma'lumot uchun: Ushbu info-turning ishtirokchilari Yılmaz Ali Abdüsselam (7,21 million kuzatuvchi), Gök Kerem (528 ming kuzatuvchi), Bekar Halil Ibrohim (88,1 ming kuzatuvchi), Katana Yılmaz Hüseyin (297 ming kuzatuvchi), Genç Mehmet (492 ming kuzatuvchi), Yasir Yılmaz (853 ming kuzatuvchi).

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.


РЯД ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ СМИ И БЛОГЕРОВ ИЗ ТУРЦИИ ПОСЕТИЛИ САМАРКАНД В РАМКАХ ИНФО-ТУРА

15 февраля текущего года представители ведущих СМИ и инфлюенсеры Турции прибыли в Самарканд для совершения паломничества к святыням, а также ознакомления с местной культурой и особенностями туризма. В ходе поездки, были проведены фото- и видеосъемка достопримечательностей города, для дальнейшей публикации статей и фоторепортажа о туристическом потенциале Самарканда в средствах массовой информации Турции. Данные действия поспособствуют увеличению потока туристов из Турции в Самарканд.

Для информации: Участниками данного информационного тура стали такие YouTube блогеры, как Yılmaz Ali abdüsselam (7,21 млн подписчиков), Gök kerem (528 тыс. подписчиков), Bekar Halil İbrahim (88,1 тыс. подписчиков), Katana Yılmaz Hüseyin (297 тыс. подписчиков), Genç Mehmet (492 тыс. подписчиков), Yasir Yılmaz (853 тыс. подписчиков).

Пресс-служба департамента по развитию туризма Самаркандской области.



Report Page