IMPORTNI CHEKLASH QANCHALIK YOMON?

IMPORTNI CHEKLASH QANCHALIK YOMON?

Behzodbek Abdurasulov

Importga o'rnatiladigan cheklovning dahshatli zararini o'zingiz quyidagi misolda ko'rib chiqishingiz mumkin.

AQSHda shakar importiga kvota ko’rinishida to’siq mavjud. Ya’ni, mamlakatga yil davomida o’sha kvotadan ortiq shakar import qilinmaydi. O’zi u yerda shakar ishlab chiqarish hajmi yuqori emas, ya’ni mavjud talabni qondira olmaydi. Taalab ko’p, ammo taklif kam tovarlarning narxi yuqori bo’lishini hamma bilsa kerak. Bu narx epaqaga kelishi uchun mavjud talab xorijdan import hisobiga qondirilishi kerak. Ammo narx pasayishidan va yangi raqobatchilar kelishidan amerikalik shakarchilar manfaatdor emas. Shuning uchun turli lobbilar yordamida shakar importini cheklashga erishishgan.


Manba: Pol Krugmanning “International Economics” nomli kitobi 9-nashr, 207-bet

AQSH tijorat departamenti baholashlariga ko’ra, 2013-yildagi shakar importi kvotasi 3 mln tonnani tashkil qiladi, ya’ni AQSHga shu yilid 3 mln tonnadan ortiq shakar kirmaydi. Shu holda, AQSHdagi shakar narxi 426$, ya’ni jahondagi narxdan 55% yuqori. Bu narxda shakarga bo’lgan talab 5.7 mln tonna, shundan 3 mln tonnasi import. Agar, farazan, importga to’siq bo’lmaganida edi, shakarning narxi jahon narxi bilan tenglashgan bo’lardi, va bu narxda 6.9 mln talab mavjud bo’lardi, shundan 5.1 mln tonnasi import hisobiga qondirilar edi.

Kvotaning iqtisodiyotga ta’siri hajmini ko’k rangda bo’yalgan a, b, c, d yuzalarda ko’rish mumkin. AQSHlik iste’molchilar importga o’rnatilgan cheklov naijasida a+b+d+d miqdorda, ya’ni 884 million $ zarar ko’rishyapti. Kvotadan manfaatdor bo’lgan amerikalik “shakarchi”larning yutug’i nuqtalar bilan bo’yalgan a yuzada o’z ifodasini topgan. Pulda hisoblaydigan bo’lsa, “milliy shakarchilar” importni cheklash natijasida qo’shimcha 272 million$ daromad topyapti.

Iste’molchilar 884 mln$ zarar ko’rishi hisobiga shakarchilar 272 million manfaat olyapti. Iqtisodiyot ko’rgan zarar tor doiradagi lobbistlar ko’rgan foydadan aaaancha yuqori bo’lib chiqyapti.

O’sha kam sonli “shakarchi” lobbistlarning bahonasi nima deb o’ylaysiz? Bahona quyidagicha: “Bizni tashqi raqobatdan himoya qilmasang, shuncha odam ishsiz qoladi, oilasini boqolmaydi!” Ma’lumoptlarga ko’ra, shakar ishlab chiqaruvchilar taxminan 6500 nafar ishchini ish bilan ta’minlaydi. Agar import to’siqlari olib tashlansa, ulardan nari borsa 2000 nafari ishsiz qoladi, shunda har biriga ijtimoiy nafaqa orqali 42 000$ sarflanishi kerak. Ammo o’sha 2000 nafar odam ishda qolishi uchun iqtisodiyot 884 mln$ zarar ko’ryapti. Ya’ni har bir saqlab qolingan ish o’rni uchun qariyb 432 000 $ xarajat qilinyapti. O’ylab ko’ring, har biriga 42000$ ijtimoiy nafaqa orqali xarajat qilgan arzonroqmi yoki har biri uchun 432 000$ (!) xarajat qilgan arzonroqmi? Aytmoqchimanki, o’sha ishsiz qoladigan 2000 nafar odamga “yaxshisi, siz uyda o’tiring, hech narsa qilmang, yiliga 42000 dollar beramiz, faqat shakar importini ochaylik” deyilsa, juda foydali, 10 barobar foydali taklif bo’lardi.

 

Importga to’siq qo’yishning dahshatlaridan biri shu.

 

@behzodbek_abdurasulov

Report Page