IMKON
Najot Ta'lim
Ushbu loyiha orqali, nogironligi boʻlgan yoshlarni sifatli taʼlim, zamonaviy kasb bilan taʼminlash, hamda, ularga yana-da farovon hayotni taqdim etish maqsad qilingan.
Unga koʻra, 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor shaxslar Najot Taʼlim markazidagi quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha maxsus reja asosida mutlaq bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi:
• Web dasturlash

• Grafik dizayn

• Moushn grafika

• SMM

Darslar yoʻnalishlarga koʻra, 2 oydan 5 oygacha onlayn tarzda olib boriladi. Kurs soʻnggida har bir bitiruvchi ABUTECH digital kompaniyasida bepul amaliyot oʻtashi taʼminlanadi.
Maxsus rejaga muvofiq, markaz shu yilning oxiriga qadar 200 nafar ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar nogironligi boʻlgan yoshlarni onlayn tarzda bepul oʻqitib, ish topishga koʻmaklashishni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻygan.
Najot Taʼlim jamoasi Imkon loyihasini millat va vatan oldidagi burchi oʻlaroq, jamiyatning har bir aʼzosi yaxshi yashash, yaxshi daromad topish huquqiga va imkoniyatiga ega boʻlishiga hissa qoʻshish uchun oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirmoqda.

Najot Taʼlim markazi ushbu loyihani nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning ota-onalariga yetkazish uchun keng jamoatchilik, bloger va OAV xodimlaridan koʻmak soʻrab qoladi!
Darslar quyidagi tartibda olib boriladi:
🔹 Dars jarayoni Zoom platformasi orqali bo'lib o'tadi. Har bir guruh o'quvchilari uchun o'qituvchi biriktiriladi. O'quvchilar bilan telegram kanalida guruh tashkil etiladi va darslar yozib olinib foydalanish uchun tashlab boriladi. Vazifalar va topshiriqlar muntazam tekshirib boriladi.
🔹 Kurs tamomlanishiga yaqin umumiy imtihon bo'lib o'tadi hamda ularning bilim ko'nikmalari tekshiriladi. Har bir bitiruvchi ishlash uchun yetarli ko'nikma va bilimlarni egallagandan so'ng ular uchun Abutech kompaniyasida amaliyot tashkil etiladi. Bu orqali esa o'z bilimlarini real loyihalar ustida qo'llashga hamda yaxshi portfolio shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Kursni va amaliyotni tugatgan har bir bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash uchun Najot Ta'lim va Abutech jamoasi barcha chora va usullarni ishga soladi hamda barchani ish bilan ta'minlashga harakat qiladi.
O'quvchilardan nima talab etiladi?
Kurs narxlari Najot Ta'lim hamda Abutech kompaniyasi tomonidan to'liq qoplanadi. O'quvchilardan faqatgina noutbuk va internetga ulanish imkoniyati talab etiladi xolos.
Kursga ro'yxatdan o'tish uchun nima qilish kerak?
Kursga ro'yxatdan o'tish uchun administratorimizga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat hamda nogironligi borligi haqidagi hujjat talab etiladi.
Kursga onlayn ro'yxatdan o'tish
Telefon: +998712001123