IMAN kompaniyasi bosh direktori Rustam Rahmatov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Assambleyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

IMAN kompaniyasi bosh direktori Rustam Rahmatov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Assambleyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

IMAN
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Assambleyasi nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, 2021-yil fevral oyida biznesning turli sohalarini o‘z ichiga olgan turli iqtisodiyot tarmoqlari uyushmalari tomonidan tashkil etilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Assambleyasining portfelida 20 mingga yaqin korxona mavjud. Assambleya davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati manfaatlarini birlashtirishni hisobga olgan holda katta loyihalarni amalga oshiradi, bu esa o‘z navbatida milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.

IMAN kompaniyasi rahbari Rustam Rahmatov mazkur Assambleyada mamlakatimiz investitsion muhitini yaxshilash hamda xorijiy investitisiyalarni jalb qilish bo‘yicha konsultatsion markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va nazorat qiladi. 

Ma’lumot uchun Rustam Buyuk Britaniyadagi Oxford Brookes University bitiruvchisi bo‘lib, 5 yildan buyon moliyaviy modellashtirish va loyihaviy boshqaruv, shuningdek, yuqori texnologik kompaniyalarning investitsion jozibadorligini baholash bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi. 2018-yildan buyon O‘zbekistondagi birinchi islomiy moliya tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi investitsion kompaniya – IMAN ni boshqarib keladi. Hozirgi kunga qadar uning boshchiligida kompaniya 15 mln AQSh dollaridan ortiqroq sarmoya  jalb qilishga erishgan.

Report Page