ILOVA
Iroda EshonqulovaYUNESKO ishlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi
National Commission
of the Republic of Uzbekistan for UNESCO
O‘zbekiston, Toshkent, 100029, T.Shevchenko koʻchasi 1-uy / 1, T.Shevchenko street, Tashkent, 100029, Uzbekistan tel: (+998-91) 477-70-90 е-mail: info@unesco.uz е-xat: ncu@exat.uz
2024-yil 30-sentabr № 341/24
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga
Ma’lumot uchun:
Tashqi ishlar vazirligiga
YUNESKO tashkiloti tomonidan Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni targʻib etishga qaratilgan YUNESKO/Al Fozan xalqaro mukofotining 2024-yil uchun tanlovi e’lon qilindi.
Ushbu xalqaro mukofot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinib, beshta mintaqadan tanlab olingan 5 nafar yosh olim va olimalar uchun taqdim etiladi. Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollariga teng. Mukofotga loyiq nomzodlar xalqaro hayʼat tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi. Mukofot tanlovi boʻyicha batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olish mumkin: https://www.unesco.org/en/prizes/al-fozan.
Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi me’zonlarga mos boʻlishi lozim:
● Mukofot ilm-fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika sohasida erishgan yutuqlari, xususan STEM sohasidagi tadqiqotlari, yangi texnologiyalar kashfiyoti mavjud boʻlishi;
● STEM sohasidagi ta’lim, tadqiqotlar natijalarini, ilmiy ijodi va innovatsiyalari uchun e’tirof etilgan boʻlishi;
● STEM sohasida xalqaro yoki mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshgan
boʻlishi;
● Nomzodlar yoshi 40 dan oshmagan boʻlishi kerak.
Nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtishi hamda nomzodlik ariza shakillari ingliz yoki fransuz tillarida toʻldirilishi belgilangan: https://apply.unescoalfozanprize.org/login. Tavsiya etilayotgan nomzod boʻyicha maʼlumot Milliy komissiya kotibiyatiga taqdim etilishi lozim. Nomzodlar hujjatlari onlayn tarzda 2024-yilning 14- sentabridan 2025-yilning 15-aprel kuniga qadar taqdim etilishi lozim. Olima ayollar nomzodlari qoʻllab-quvvatlanadi.
Shu munosabat bilan, tanlovda ishtirok etishga loyiq boʻlgan nomzodlarni aniqlashda hamda YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya kotibiyatiga 2025-yilning 25-mart kuniga qadar tavsiya etishda amaliy yordam koʻrsatish soʻraladi.
Ilova: _v.
Bosh kotib oʻrinbosari E. Najimov