ILMNING OYDIN YO‘LLARIDA KELAJAKKA ISHONCH BILAN

ILMNING OYDIN YO‘LLARIDA KELAJAKKA ISHONCH BILAN



Ma’lumki, hozirgi kunda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev biz, yoshlarga Uchinchi Renessans oldida turgan Yangi O’zbekistonning kelajagi, uning ulkan yaratuvchilari sifatida yuksak ishonch bildirmoqdalar. Bu esa bizni shu ishonchga munosib bo’lib harakat qilish, yangi marralar sari qadam qo’yishga ruhlantirmoqda. Men ham ana shunday ishonch bildirilgan yoshlar safida bo‘lganimdan o‘zgacha g‘urur tuyaman.

Darhaqiqat, O‘zbekiston nomining dunyo minbarlarida jaranglashi, ko‘p tarmoqli islohotlarning amalga oshirilishida yoshlar ham munosib ulush qo‘shmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi yangilanishlar, uning uzluksizliginи ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar salmog‘i ortayotganligini ham alohida ta’qidlash kerak. Bugungi yoshlar juda katta marralarni egallashmoqda: jahonning top-1000 talikka kirgan nufuzli universitetlarida ta’lim olishmoqda, ilmiy ishlarini himoya qilishoqda, xalqaro grantlar sohibi sifatida o‘z izlanishlarini xorijda davom ettirmoqdalar. Shunday iqtiorli yoshlar, albatta, Uchinchi Renessans poydevorini qурадилар.

Men ham bakalavriat bosqichidan buyon ilmiy izlanishlar olib boraman. Sharq mutafakkirlarining musiqaga oil qarashlarini yaxlit holda o‘rganish yuzasidan qator maqolalar (xalqaro impakt faktorli va respublika OAK jurnallarida), xalqaro konferensiyalarda tezislar bilan ishtirok etib kelaman. Shu yo‘nalishdagi ishlarim uchun 2019-yilda viloyat hokimi, 2020-yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi loyiq ko‘rildim. Hozirda tayanch doktorant sifatida jadid ma’rifatparvarlarining musiqiy qarashlari ustida tadqiqot olib boryapman. Yurtimizda yoshlarning ilm olishи, kasb egallashi, yuksak kamolot cho‘qqilariga erishishi uchun keng imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Shulardan foydalangan holda o‘z intilishlarim yo‘lida tinmay izlanib, ma’rifattli avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli ishga munosib ulush qo‘shishga, yurtboshimizning chaqiriq-da’vatlariga amaliy faoliyatim bilan javob berishga harakat qilaman.

 

UZAKOVA MUNISA ABDURAXIM QIZI, BuxDU Pedagogika kafedrasi tayanch doktoranti

Report Page