ILMIY MAQOLA QANDAY YOZILADI?

ILMIY MAQOLA QANDAY YOZILADI?


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya kafedrasi tomonidan o'tkazilib kelinayotgan "Yosh biotexnologlar" ilmiy to'garagining navbatdagi soni avvalida kafedra mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent N.J.Xadjayeva fakultet talabalarini universiteti maqomining oshirilishi munosabati bilan samimiy tabrikladi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-qarori mazmuni va mohiyati to'g'risida targ'ibot taqdimotini namoyish etdi.

So'ng ilmiy to'garakning asosiy mavzusi bo'lgan "Ilmiy maqola qanday yoziladi?" mavzusida yig'ilganlar e'tiboridan o'z taqdimot ishini havola etdi. Nasiba Xodjayeva Jo'raqulovna taqdimotdan o'rin olgan asosiy mavzu: ilmiy maqola yozish tartibi, ilmiy jurnallar, soxta jurnallar, maqola qanday chop etiladi, tezis va maqolaning farqlari haqida so'z yuritdi.

   Kafedra professor-o'qituvchilari ham o'zlarining tajribalaridan kelib chiqqan holda mavzu yuzasidan talabalarga maslahatlar berishdi.

   Talabalar ushbu to'garakda eng kerakli bo'lgan foydali bilimlarga ega bo'lishdi va o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan javoblar olishdi.


Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti matbuot xizmati 


Feruzabonu Mustofoqulova 


@biotexnologiyamatbuoti

Report Page