ILMIY KENGASH MAJLISI O‘TKAZILDI

ILMIY KENGASH MAJLISI O‘TKAZILDI


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Institut Ilmiy kengashi raisi biologiya fanlari doktori Sh.M.Bobomurodov olib bordi.

Yig‘ilish quyidagi kun tartibdan:

1. Institut 1-bosqich doktorantlari, tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarining ish rejalari muhokamasi;

2. Institut xodimlarining “Katta ilmiy xodim” ilmiy unvonini olishi uchun OAK ga taqdim etilayotgan xujjatlar muhokamasi;


3. Abduraxmonov N.Yu., Arabov S.A., Mansurov Sh.S.larning “Mirzacho‘lning sug‘oriladigan tuproqlari va ularning meliorativ holati” mavzusida tayyorlagan monografiyasi muhokamalaridan iborat bo‘ldi.

Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha, Qoraev Aliyor Hasanovich va Gulimov Quvondiq ilmiy daraja olish uchun taqdim etgan dissertatsiya Ish dasturilarini taqdimoti bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng kengash a’zolari tomonidan savol va taklif-tavsiyalar berildi.

Ikkinchi masala bo‘yicha, “Tuproq monitoringi, ekologiyasi, unumdorligini baholash va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash bo‘limi” bo‘limi katta ilmiy xodimlari v.b. Xalilova Nargiza Jalilovna va Sanaqulov So‘xrob Formonqulovichlar tomonidan “Katta ilmiy xodim” ilmiy unvonini olishi uchun OAK ga taqdim etilayotgan xujjatlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish orqali ilmiy unvon berishga qaror qilindi.

Shuningdek kun tartibidagi uchinchi masala bo‘yicha, N.Yu. Abduraxmonov, S.A. Arabov, Sh.S. Mansurovlarning “Mirzacho‘lning sug‘oriladigan tuproqlari va ularning meliorativ holati” mavzusida tayyorlagan monografiyasi ilmiy kengash a’zolariga tanishtirildi va chop etishga ma’qullandi.

Report Page