ILM ÇEGARA BILMAYDI

ILM ÇEGARA BILMAYDI

ToshDavTU matbuot xizmati

Toşkent davlat tibbiyot universiteti va Koreya universitetining Guro gospitali hamkorligi tibbiyotda yangi ilmiy-amaliy imkoniyatlarga yöl oçmoqda

Zamonaviy tibbiyot taraqqiyotini bugun faqat yangi qurilmalar, murakkab jarrohlik amaliyotlari yoki ilmiy kaşfiyotlar bilan baholab bölmaydi. Uning eng muhim mezoni — ilm-fan yutuqlarining inson hayotiga qançalik naf keltirayotgani, bemor salomatligi va turmuş sifatini yaxşilaşga qay darajada xizmat qilayotganidir.

Janubiy Koreyaning nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri — Koreya universitetining Guro gospitali (Korea University Guro Hospital) ana şunday ilmiy va klinik yondaşuvni öz faoliyatida mujassam etgan universitet şifoxonasidir.

1983-yilda taşkil etilgan mazkur tibbiyot muassasasi Koreya universiteti tibbiyot tizimining muhim tarkibiy qismi bölib, klinik amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlaşni özaro uyğunlaştirib kelmoqda. Gospitalda yuqori texnologiyali diagnostika, murakkab jarrohlik, regenerativ tibbiyot, tibbiy qurilmalarni klinik tadqiq etiş kabi yönalişlarga e’tibor qaratiladi.

Bunday muassasalarning xalqaro ahamiyati şundaki, ular nafaqat bemorlarni davolaydi, balki davolaş usullarini ilmiy jihatdan takomillaştiradi, klinik tajribani tadqiqot natijalari bilan boyitadi va yangi avlod mutaxassislarini zamonaviy bilimlar asosida tayyorlaydi.

Ayniqsa, stomatologiya va jağ-yuz jarrohligida anatomik murakkablik, töqimalarning funksional tiklanişi, suyak regeneratsiyasi va rekonstruktiv amaliyotlar yuqori malaka hamda fanlararo hamkorlikni talab etadi. Şu bois mazkur sohada xalqaro tajriba almaşinuvi ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.

Toşkent davlat tibbiyot universiteti ham bugun tibbiy ta’lim, fundamental va klinik tadqiqotlar, zamonaviy davolaş usullarini rivojlantiriş hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirişni ustuvor vazifalar sifatida ilgari surmoqda.

Universitetning ilmiy salohiyati köp sonli professor-öqituvchilar, ilmiy maktablar, klinik kafedralar va yosh tadqiqotçilar faoliyatida namoyon bölmoqda. Bu yerda ta’limning klinik amaliyot bilan uzviy boğliqligi, ustoz-şogird an’analarining davomiyligi va xalqaro tajribani milliy tibbiyot ehtiyojlari bilan uyğunlaştirişga alohida ahamiyat beriladi.

Tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlikdagi asosiy maqsadi ham faqat tajriba almaşiş bilangina çeklanmaydi. Muhimi, ilğor bilimlarni mahalliy şaroitda qöllaş, mutaxassislarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş va natijada bemorlarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşirişdir.

Ana şunday maqsadlar Toşkent davlat tibbiyot universiteti va Koreya universitetining Guro gospitali örtasida ötkazilgan uçraşuvda ham öz ifodasini topdi.

Koreya Respublikasi gospitali vakillari hamda universitet rahbariyati örtasidagi muloqot davomida tibbiyot va stomatologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor tibbiy texnologiyalar va akademik bilimlar almaşinuvi, şuningdek, murakkab jarrohlik amaliyotlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvning muhim natijasi sifatida ikki muassasa örtasida Özbekistonda mahalliy qöllab-quvvatlaş va muvofiqlaştiriş asosida lab va tanglay yoriqlari bölgan bemorlar uçun akademik va tibbiy bilimlar hamda texnologiyalar almaşinuvi, takroriy jarrohlik amaliyotlari dasturini amalga oşirişga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelişuvning ahamiyatini çuqurroq anglaş uçun lab va tanglay yoriqlari bilan boğliq tibbiy muammolarga e’tibor qaratiş örinlidir.

Lab va tanglay yoriqlari — yuz-jağ sohasining tuğma rivojlaniş nuqsonlari bölib, ular bolaning oziqlanişi, nutqi, eşitişi, tiş-jağ tizimining şakllanişi va ijtimoiy moslaşuviga ta’sir körsatişi mumkin. Bunday holatlarda tibbiy yordam birgina jarrohlik amaliyoti bilan çeklanmaydi. Davolaş jarayonida jağ-yuz jarrohlari, stomatologlar, ortodontlar, logopedlar va başqa mutaxassislarning uyğunlaşgan faoliyati muhimdir.

Ayrim bemorlarda dastlabki operatsiyalardan keyin ham anatomik yoki funksional muammolar saqlanib qolişi mumkin. Şunday vaziyatlarda takroriy, ya’ni rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlariga ehtiyoj tuğiladi. Ularning maqsadi faqat taşqi körinişni yaxşilaş emas, balki imkon qadar nutq, oziqlaniş va başqa muhim funksiyalarni tiklaşdan iborat.

Şu nuqtayi nazardan, imzolangan memorandum aniq klinik ehtiyojga yönaltirilgani bilan alohida ahamiyatlidir.

Kelişuvga muvofiq, Koreya tomoni malakali tibbiy mutaxassislar jamoasini şakllantiriş va Özbekistonga yuboriş, ta’lim tadbirlarini taşkil etiş, klinik öquv maşğulotlari hamda mahorat darslarini ötkazişni rejalaştirmoqda.

Özbekiston tomoni esa bemorlarni saralaş va jarrohlik amaliyotlariga tayyorlaş, mahalliy muvofiqlaştiriş, zarur tibbiy infratuzilma va taşkiliy kömakni ta’minlaşda iştirok etadi.

Bu yerda hamkorlikning yana bir muhim jihati mavjud: xorijiy mutaxassislar tajribasi mahalliy şifokorlar, stomatologlar va klinik ordinatorlar uçun bevosita klinik öquv imkoniyatiga aylanişi mumkin.

Çunki murakkab jarrohlikda bilimni nazariy özlaştiriş bilan birga operatsiyaga tayyorgarlik, bemorni baholaş, amaliyot usulini tanlaş va operatsiyadan keyingi kuzatuv jarayonlarini puxta örganiş ham katta ahamiyatga ega.

Uçraşuvda iştirok etgan professor Rim Jae Suk, DDS, MSD, PhD — Koreya universitetining Guro gospitali stomatologiya bölimi professori, jağ-yuz jarrohligi va stomatologiya sohasidagi mutaxassislardan biridir.

Uning ilmiy faoliyati dental implantologiya, suyak regeneratsiyasi, suyak plastikasi, tiş töqimalari asosidagi biomateriallar, trombotsitlarga boy fibrin — PRF texnologiyalarini qöllaş va suyak töqimalari muhandisligi kabi yönalişlarni qamrab oladi.

Bu tadqiqot yönalişlari zamonaviy stomatologiya va rekonstruktiv jarrohlikning istiqbolli ilmiy asoslari bilan bevosita boğliq. Jumladan, töqimalarning qayta tiklaniş mexanizmlarini örganiş va biomateriallardan foydalaniş murakkab klinik holatlarda yangi davolaş imkoniyatlarini tadqiq etişga xizmat qiladi.

Albatta, har qanday innovatsion texnologiyaning amaliy qiymati uning xavfsizligi, samaradorligi va muayyan bemor uçun klinik jihatdan asoslanganligi bilan belgilanadi. Şu sababli xalqaro ilmiy hamkorlikda zamonaviy usullarni tanqidiy baholaş, dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga tayaniş va mutaxassislar malakasini muntazam oşiriş alohida örin tutadi.

Memorandumning istiqboli ham aynan şu jihatlarda namoyon böladi. Bir tomondan, ixtisoslaştirilgan jarrohlik yordamiga ehtiyoji bölgan bemorlar uçun qoşimça imkoniyatlar yaratilişi közda tutilmoqda. Ikkinçi tomondan, mahalliy mutaxassislarning bilim va könikmalarini rivojlantiriş orqali kelgusida bunday tibbiy xizmatlarning barqarorligini mustahkamlaşga zamin yaratilmoqda.

Bu esa hamkorlikning eng muhim natijasi faqat ötkazilgan uçraşuvlar yoki imzolangan hujjatlar soni bilan emas, balki kelajakda erişiladigan aniq klinik va ta’limiy natijalar bilan baholanişini anglatadi.

Ilm-fanning çegarasi yöq, degan fikr aynan tibbiyotda özining çuqur ma’nosini namoyon etadi. Bir mamlakatda töplangan tajriba başqa yurtdagi bemorga şifo, yosh şifokorga bilim, ilmiy izlanuvçiga esa yangi tadqiqotlar uçun ilhom manbai bölişi mumkin.

Toşkent davlat tibbiyot universiteti va Koreya universitetining Guro gospitali örtasidagi hamkorlikning asl qadri ham ana şunda — xalqaro ilmiy salohiyatni inson salomatligi va kelajagi yö‘lida birlaştirişdadir.

Zero, tibbiyot taraqqiyotining eng uluğ yutuği — insonning soğlom hayotga qaytişi, oilalarning umidi va şifokorga bölgan işonçining mustahkamlanişidir.

Gulchehra Mirzayeva.

ToshDavTU matbuot kotibi

Report Page