“ILM-FAN, TA’LIM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI — HUQUQIY TARAQQIYOT MEZONI”

“ILM-FAN, TA’LIM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI — HUQUQIY TARAQQIYOT MEZONI”

IBROXIM ATAMIRZAYEV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga 1-ilova bilan yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning yuridik kadrlar tayyorlash tizimi uzluksizligini ta’minlash va rivojlantirish chora-tadbirlari yo‘nalishida 2026-yil may oyiga qadar “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha huquqning fundamental tarmoqlariga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlar va yangi “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishini joriy etish va bunda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish tanlovlari xalqaro standartlarga muvofiq hamda shunga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda IQ test o‘tkazish tartibida hamda tanlovda B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi va o‘quv jarayoni ingliz tilida olib borilishi tartibini belgilash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vao‘ifasi belgilanib, bunga mas’ul etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti belgilandi.

Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab doimiy ravishda Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimini joriy etish maqsadida ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizini (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizini (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlarda o‘tkazish belgilandi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar universitet tajribasi natijalari asosida amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimini “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud boshqa davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yo‘lga qo‘yish qayd etildi.


IBROXIM ATAMIRZAYEV

 “Jinoyat huquqi va protsessi” kafedrasi mudiri.

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.



Report Page