ILK MAROTABA BUXORO SHAXRIDA "JAHON CHEMPIONATI"BO'LIB O'TDI.

ILK MAROTABA BUXORO SHAXRIDA "JAHON CHEMPIONATI"BO'LIB O'TDI.

Psixolog..Асhilova Nigina

2022-yilning 22 may kuni Buxoro shaxrida ilk marotaba qo‘l jangi sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.Bunda Rossiya,Hindiston, Qazoqiston,O'zbekiston va boshqa davlatlardan sportchilar tashrif buyurishdi.Shaxrimizda ilk bor o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 20 ta mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Ushbu musoboqada Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari F.Jumayeva va tyutor N.Achilova hamda Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirok etishdi.Barchamiz yurtimiz sportchi yoshlarini qo'llab-quvvatlab,omad tiladik va bu bizga juda katta zavq bag'ishladi.

Mazkur yirik musobaqa mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirilishida chuqur ramziy maʼno bor. Mazkur sport turi respublikada keng ommalashgan, shuningdek, yurtimizda xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Bundan tashqari yirik sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tajriba ham bu o‘rinda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jihatlar, albatta, Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi mutasaddilari nazaridan chetda qolmagan.O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qaroriga binoan, mazkur jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Murosasiz va shiddatli kurashlarga boy bo‘lgan musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan kubok va medallar bilan taqdirlandilar.

Report Page