IJTIMOIY NAFAQALAR
2025 yiling dastlabki olti oyligida ijtimioy nafaqalar jumladan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam t…Bugungi kunda xaqiqatda ijtimoiy nafaqalarga muxtoj bo‘lgan oilalarni o‘rganish va muxtoj bo‘lgan oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida tegishi tashkilotlar va maxalla faollari bilan tushuntirish ishlari olib borilib va nafaqalarning manzilliligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Bundan tashqari “Inson” Ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Ijtimoiy nafaqa oluvchilarga.
Jumladan:
642 nafar fuqaroga yoshga doir nafaqa
248 nafar fuqaroga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqa
2393 nafar fuqaroga nogironlik nafaqa
Jami 3283 nafar fuqaroga xar oy 3331.0 mln so‘m nafaqa pullari to‘lab berilmoqda
Yoqilg‘i-energetika sohasida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i energetika sohasida bozor myexanizimlarni joriy etish qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida” Qaror ijrosini ta’monlash maqsadida Qo‘shrabot tuman “Inson” ijtimoiy hozmatlar markazi tomonidan o‘tgan kuz qish mavsumida yagona reyestrda turgan 3718 ta oilaga 270 ming so‘mdan, Mahalla yetillik hulosasiga asosan 244 nafar oilaga 270 ming so‘mdan, Jami 3 962 ta ehtiyojmand oilalarga 1 069 mln so‘mlik bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi;
Bundan tashqari 2024-yil kuz qish mavsumida 832 oila elektr energiya va tabiiy gaz iste’moli uchun kompensatsiya so‘rab murojaat qilgan. Ushbu oilalarning belgilangan meyordan ko‘p istemol qilgan 128 tasiga jami 5.7 mln so‘mlik kompensatsiya to‘lab berildi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 134-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shrabot tuman “Inson” ijtimoiy hizmatlar markazi tomonidan ushbu mavsumda ryeyestrdagi oilalarning elektr energiya va tabiiy gaz iste’moli uchun kompensatsiya pullarini to‘lab berish maqsadida 1801 ta oilalardan arizalar qabul qilib olindi, Xamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shaklantirilmoqda. Ushbu oilalarga kuz qishda elektr energiya va tabiiy gaz iste’moli uchun 1 mln so‘mlik bir martalik moddi yordam berish rejalashtirilgan.
OTA-ONA MEHRIGA MUHTOJ BOLALARNI JAMIYATGA MOSLASHTIRISH BO‘YICHA.
Qo‘shrabot tumanida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar jami 58 223 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha va maktab ta’limiga qamrov darajasi 36 271 nafar (65,3%).
Bugungi kunda tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar soni 2423 nafar bo‘lib, shundan chin yetimlar 48 nafar, voyaga yetmagan ota ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 4 nafar, nogironligi bo‘lgan bolalar soni 834 nafar, uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi bolalar 77 nafar, to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar 409 nafar, ota-onasi xorijiy mamlakatlarga (migrant) ishlashga ketgan bolalar 108 nafarni tashkil etadi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yilda 6 nafar bolalarga vasiy va homiylar tayinlangan bo‘lib, shundan 4 nafar bolalar Vasiylikka, 2 nafar bolalar homiylikka olish to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining qarorlari chiqarilgan. Vasiylik va Homiylikdagi 160 nafar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan doimiy monitoring o‘tkazilib, aniqlangan muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan sudlarda 18 nafar bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilindi. 1 nafar bolalarning uy-joylariga bo‘lgan meros huquqi ta’minlandi. 13 nafar bolalar ota-onasining qay birida qolishligi bo‘yicha xulosalar berildi.
2025-yil mart oyida tumanda “Oilaviy bolalar uyi” ochilib xozirda 3 nafar bolalar tarbiyalanib kelinmoqda.
Hozirda Ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan hamda Ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarni aniqlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida mahallalar, maktablar, Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi bilan hamkorlikda hatlovlar o‘tkazilib, hatlovda aniqlangan qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarga vasiy va homiylar tayinlash ishlari tizimli amalga oshirilmoqda.
“INSON” markazi huquqiy masalalrda ekspert maslahatchi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda,
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi huquqiy masalalarda ekspert maslahatchisining
LAVOZIM YO‘RIQNOMASIga ko‘ra
2025-yilning 1-choragida 114 ta huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan. 8 ta fuqarolarni manfaatini ko‘zlab sudlarga da’vo ariza, ariza, shikoyatlar adolat.sud.uz platformasi orqali kiritilgan.
2025-yilning 2-choragida 113 ta huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan. 11 ta fuqarolarni manfaatini ko‘zlab sudlarga da’vo ariza, ariza, shikoyatlar adolat.sud.uz platformasi orqali kiritilgan.
2025-yining 3-choragida xozirgi kungacha 189 ta huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan. 11 ta fuqarolarni manfaatini ko‘zlab sudlarga da’vo ariza, ariza, shikoyatlar adolat.sud.uz platformasi orqali kiritilgan.
Shu jumladan 3 nafar fuqaro manfaatini ko‘zlab tashkilotlarga talabnoma chiqarilgan.
2025-yil boshidan shu bugungi kungacha 416 ta huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan. 30 ta fuqarolarni manfaatini ko‘zlab sudlarga da’vo ariza, ariza, shikoyatlar adolat.sud.uz platformasi orqali kiritilgan.
2025-yilning yakuni bilan jami 614 ta huquqiy maslahat va tushuntirish berish reja qilib olingan, shundan 38 ta fuqarolarni manfaatini ko‘zlab sudlarga da’vo ariza, ariza, shikoyatlar adolat.sud.uz platformasi orqali kiritib berish rejalashtirilgan.
“INSON” markazi (psixologlar guruhi)
MA’LUMOTNOMA
(2025 yil davomida ijtimoiy xizmatlarga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilgan psixologik yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida) 2025 yil davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tuman hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamlariga nisbatan psixologik xizmatlarni tashkil etish va sifatli ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar samarali yo‘lga qo‘yildi. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi – aholining ruhiy salomatligini mustahkamlash, ularning ijtimoiy hayotga faol moslashuvini ta’minlash hamda shaxsiy muammolarni yengillashtirishdir.
Qamrab olingan toifalar va ular soni:
· Yolg‘iz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar — 33 nafar;
· Kam ta’minlangan oilalar — 155 nafar;
· Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab chiqqan fuqarolar — 4 nafar;
· Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar — 3 nafar;
· Tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab, himoya orderi olgan xotin-qizlar — 38 nafar (shundan 22 nafarga maqsadli psixologik xizmat ko‘rsatildi);
· Boshqa ehtiyojmand toifadagi shaxslar — 20 nafar;
Jami qamrab olingan shaxslar soni — 273 nafar.
Psixologik xizmatlar ko‘rsatish jarayoni va mazmuni:
Fuqarolarga individual va guruhli tarzda psixologik yordam ko‘rsatildi. Psixodiagnostika va stressni baholash uchun testlar qo‘llanildi, shuningdek, motivasion suhbatlar, korreksion va reabilitasion tadbirlar samarali amalga oshirildi. Zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash jarayonida ularning voyaga yetmagan farzandlari ham doimiy qo‘llab-quvvatlandi. Har bir murojaatchiga shaxsiy ehtiyojlari, ijtimoiy vaziyati va ruhiy holati asosida individual yondashuv amalga oshirildi.
Ijtimoiy dasturlar va qo‘shimcha tadbirlar:
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2024 yil 23 sentyabrda qabul qilingan PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi asosida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar uchun tuman hududida “Farovon oila” nomli seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Shuningdek, mahallalarda kam ta’minlangan oilalar uchun guruhli terapiya mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu tadbirlar oilalarning ijtimoiy-ruhiy muammolarini bartaraf etishda, ularning hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hamkorlikda olib borilgan qator ijtimoiy dasturlar orqali yolg‘iz yashovchi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun individual dasturlar ishlab chiqildi, ularga ijtimoiy assistentlar biriktirildi hamda tibbiy ko‘rik va davolash ishlari amalga oshirildi. Pensiya va nafaqalarga qo‘shimcha ravishda kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlangan fuqarolar bilan birgalikda ularning himoyasiga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda. Bu borada 38 nafar xotin-qizga himoya orderlari rasmiylashtirilib, markaz psixologi va yuristi tomonidan kompleks psixologik va huquqiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Xulosa:
2025 yil davomida amalga oshirilgan barcha ishlar aholi orasida psixologik barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda jamiyatda sog‘lom, salomat ruhiy muhit yaratishga o‘z hissasini qo‘shdi. Bunday kompleks yondashuv ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarning hayot sifatini oshirish va ularning jamiyatga integratsiyasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.