IJOD MAKTABLARI
Jo‘rabek Jahon
#Oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
Bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e'lon qilinmoqda.
Ijod maktablarida o‘quv yili yakunlangandan keyin bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun kirish imtihonlari ushbu nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.
Mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan o‘quvchilaridan hujjat qabul qilinadi.
Ijod maktablariga quyidagi hujjatlar talab etiladi.
Talabgorning:
➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Ijod maktablariga o‘quv yili davomida o‘quvchilar qabul qilinmaydi.
O‘quvchilarning o‘qishini bir ijod maktabidan boshqasiga ko‘chirish yo‘nalish mos kelgan va bo‘sh joy bo‘lgan taqdirda Agentlikning ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi.