IJOD MAKTABIDA KONSTITUTSIYANING 30-YILLIGI NISHONLANDI

IJOD MAKTABIDA KONSTITUTSIYANING 30-YILLIGI NISHONLANDI



Dekabr oyining 7-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan Xiva shahrining tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Xiva shahrining barcha sektor rahbarlari tashrif buyurdilar.


Tadbirni Xiva shahar hokimi Temur Davletov ochib berdi. Ogahiy ijod maktabining o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jonli ijroda kuyladilar, o‘z ijodidan chiqish qildilar. Tadbirda Xiva shahar hokimi bir necha mutasaddi xodimlarni ko‘krak nishoni va tashakkurnomalar bilan taqdirladilar. Jumladan, Ogahiy ijod maktabi direktori Rasulbek Raximov tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ogahiy ijod maktabining o‘z ijodidan davlat ramzlariga bag‘ishlangan she'rlarini o‘qib berdilar.

5-Tashabbus bo‘yicha sport musobaqasi g‘oliblari, kitobxon bellashuvi g‘oliblari, san'at yo‘nalishi g‘oliblari taqdirlandi. Shu o‘rinda, kitobxonlik yo‘nalishi bo‘yicha Ogahiy ijod maktabining o‘quvchisi Sapayeva Anabibi qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Tadbirda so‘ngida madaniyat xodimlari chiqishi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|

👉 |YouTube| |Instagram|

Report Page